Get Mystery Box with random crypto!

Portfolio || Gulnoza Shodmonova

Telegram kanalining logotibi gshodmanova_portfolio — Portfolio || Gulnoza Shodmonova P
Telegram kanalining logotibi gshodmanova_portfolio — Portfolio || Gulnoza Shodmonova
Kanal manzili: @gshodmanova_portfolio
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32
Kanalning ta’rifi

Assalomu alaykum! Kopirayterlikka oid ishlar jamlangan moʻjazgina portfoliomga xush kelibsiz!
Barchamiz uchun manfaatli boʻladi degan umiddaman.
Murojaat uchun: @Gshodmanova08

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-10-24 12:13:21
Hordiq uchun “do‘mboqqina-yumshoqqinamebellar

“Yaxshi dam — mehnatga hamdam” deganlaridek, ish unumi uyda qanday dam olishingizga bog‘liq.

Best mebelda ishlab chiqarilgan “do‘mboqqina” divanlar og‘ir ish kuni so‘ngida “yumshoq” hordiq chiqarishingizga ko‘makchi bo‘lishiga ishonamiz.

Hoziroq qo‘ng‘iroq qiling va mahsulotlarimizga buyurtma bering: +998900000003

Best mebel — qulayligingiz uchun yumshoq yechim.
102 views09:13
Ochish/sharhlash
2022-10-20 12:00:56
Ta’mirlash uchun uskunalar kerakmi?

Qo‘li gul ustaga aylandingiz-u, zarur ish qurollari izlayapsizmi? Yoki ta’mirtalab uskunalaringiz ish sifatini buzyaptimi?

O‘ylanishga hojat yo‘q! Hayat kompaniyasi mijoziga aylaning va Ingcosda ishlab chiqarilgan har qanday turdagi uskunalar to‘plamini bittada xarid qiling.

Batafsil ma’lumot uchun:
+998900000002
100 views09:00
Ochish/sharhlash
2022-10-18 18:12:07
Ифторликни Dream Water билан ўтказинг!

Сув — кун давомидаги очликдан сўнг организм учун энг яхши ичимлик. Шунинг учун мутахассислар ифторликни сув билан бошлашни тавсия қилишади.

Таомланишни Dream Water билан бошланг. Бу билан сиз:
— ошқозон-ичак йўллари касалликлари;
— жиғилдон қайнаши;
— қорин дам бўлиши;
— ва ҳазм қилиш билан боғлиқ муаммолардан қутуласиз.

Ҳамиша соғлом бўлай десангиз, ҳозироқ маҳсулотларимизга буюртма беринг:
+998900000000

Dream Water — соғлом ҳаёт сари биз билан бирга!
101 views15:12
Ochish/sharhlash
2022-10-18 14:53:34
Diqqat, diqqat: e’looon!

SMMchi “akalar”-u
Marketolog “opalar”.
Kopirayter izlab tolgan
Barcha do‘st-dugonalar!

Ishning ko‘zin bilganlar-u
“Pulni pulga urganlar”
Bizda sizbop e’lon bor,
Eshitmadim demanglar!

Kopirayting xizmatimiz
Boshladik “bismilloh” deb.
Kim deysizmi? Keling, ko‘ring,
Afsuslanmaysiz pand yeb.

Imlo, savod o‘z o‘rnida,
Shoirlik ham oz-moz bor
Sinab ko‘ring, imkon bering,
Bo‘lib qoling xaridor!

Mana manzil, tez ulaning
Hamkorimizga aylaning:

https://t.me/gshodmanova_portfolio
105 views11:53
Ochish/sharhlash
2022-10-18 13:07:12 Best clean jamoasidan qaynoq hayitlik!

Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan “3+1” aksiyasini e’lon qilamiz.

20-iyungacha uchta odeyal yuvdirsangiz, to‘rtinchisi bepul bo‘ladi! Istasangiz, bu xizmatdan do‘stlaringiz, qo‘shnilar va qarindoshlar bilan birga foydalanish mumkin.

Hoziroq qo‘ng‘iroq qiling va buyumlaringiz tozaligini ishonchli qo‘llarga topshiring:
+998900000001

Best clean — tozalikni sevuvchilar tanlovi.
102 viewsedited  10:07
Ochish/sharhlash
2022-10-18 11:33:33 Kopirayter — so‘z ustasi

Bilamizki, hech bir biznes reklamasiz gullab-yashnamaydi. Yaxshi reklama uchun esa sifatli yozilgan matn zarur. Bunda sizga malakali kopirayterlar yordamga keladi.

So‘nggi yillarda rivoj topayotgan zamonaviy kasblar orasida kopirayting o‘ziga xos o‘ringa ega. Chunki haqiqiy so‘z ustalarining matnlari sabab mahsulot va xizmatlaringiz o‘z xaridorini qiynalmay “topa oladi”.

Sizga ham sifatli kopirayter xizmatlari zarur bo‘lsa, quyidagi manzilga kiring:

https://t.me/gshodmanova_portfolio
101 viewsedited  08:33
Ochish/sharhlash
2022-10-18 11:04:28
Della — o‘ynatadi Anjanchasiga

Tashqarida salqin kuz havosi. Siz esa shamollab qoldingizmi? Etingiz junjikib, issiqqina choy ichgingiz kelayotgandir balki?

Tumovni yengillatish uchun shifobaxsh va xushbo‘y Della choylaridan qaynoq-qaynoq ichsangiz bas. Kayfiyat ulashuvchi choylarimizni ichgan kishi dardlarini ham unutib, anjanchasiga o‘ynab yuborishiga biz kafil!

Siz ham Della choylaridan iching va qishni qaynoq kayfiyatda kutib oling!

Della — quvvatingiz manbayi.
96 views08:04
Ochish/sharhlash
2022-10-13 18:09:48
Ehtiyot bo‘ling: tashqarida anomal issiq!

Yoz chillasi o‘z kuchini ko‘rsatib, kunlar tobora isimoqda. Bunday vaqtda inson tanasi suvsizlanadi. Natijada holsizlik, qon quyilishi, qabziyat va shu kabi boshqa asoratlar kuzatilishi tabiiy. Tanamizning asosiy qismi suvdan iboratligini hisobga olsak, bu holatlarga befarq qarash yaramaydi.

Xavotirga tushmang! Yuqoridagi barcha muammolarga yechim Musaffo mineral suvida mujassam! Chunki u ona tabiatning bizga tabiiy tuhfasi bo‘lib, organizm uchun zarur bo‘lgan
minerallar;
mikroelementlar;
va biologik faol komponentlarga boy.

Tabiiy va foydali Musaffo suvlaridan miriqib ichay desangiz, quyidagi raqamlar orqali buyurtma berish kifoya:
+998900000000

Musaffo — salomatlikni qadrlovchilar uchun!
97 views15:09
Ochish/sharhlash
2022-10-13 18:09:03
Oylik daromadingizni oshirish uchun ajoyib taklif!

Qanday ekan, deysizmi? Albatta, kopirayterlik kasbi orqali! Agar siz:
— so‘zga chechan;
— kreativ fikrlovchi;
— va yetarlicha savodxon bo‘lsangiz, bu soha aynan siz uchun!

Maximum edu ta’lim markazidagi sifatli va tezkor kopirayting kurslari o‘z ustida ishlashdan erinmaganlar uchun eng yaxshi maskan! Keling, o‘rganing va orzungizdagi daromadli kasbga ega bo‘ling.

Shoshiling, joylar soni cheklangan!
Murojaat uchun:  +998974000000

Maximum edu — orzularingiz ro‘yobi sari yo‘l!
81 views15:09
Ochish/sharhlash