Get Mystery Box with random crypto!

GREEN GRAMMAR

Telegram kanalining logotibi green_grammar — GREEN GRAMMAR G
Telegram kanalining logotibi green_grammar — GREEN GRAMMAR
Kanal manzili: @green_grammar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.98K
Kanalning ta’rifi

TESTS🔠
VOTE QUIZ☑️
ENGLISH GRAMMAR📗
Faqat ingliz tilidan savollar bo'lsa, @Alsabr0203bot'ga murojaat qiling.
Texnik admin: @akhmed_day

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


AKHMED_o_v
AKHMED_o_v

super


Oxirgi xabar 16

2023-02-10 17:40:27 40-dars. Tasdiq soʻroq gaplar (The fortieth lesson: Tag Questions)

Hello everybody. How are you? Are you ready for our the fortieth lesson?

Let's get started...

Davomi yuqoridagi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
1.4K views𝙰𝚔𝚑𝙼𝚎𝙳𝚘𝚅 — ᴍᴀɴᴀɢᴇʀ , edited  14:40
Ochish/sharhlash
2023-02-10 17:40:27 40-dars. Tasdiq soʻroq gaplar (The fortieth lesson: Tag Questions)

Ingliz tilida 'question tag' degan tushuncha boʻlib, tasdiq soʻroq gaplar deyiladi. Va ushbu tasdiq soʻroq gaplar qachonki gapirayotgan odam oʻzining gapirgan gapini uni tinglab turgan shaxs tasdiqlashini kutfanda ishlatiladi hamda gapirgan odamni oʻzi tasdiq soʻroqni beradi. Va ushbu gapni, ma'lumotni tasdiqlash yoki tekshirish uchun beriladigan savolga aytiladi. Bu savol darak gapdagi yordamchi fe'l va eganing olmosh shaklidan tashkil topadi.

Tag Question shaklidagi savolning ikkita qismdan iborat va 2 xil usulda yasaladi.
1. Asosiy gap qismi
2. Tasdi soʻroq qismi

Birinchi usul: agar darak gap boʻlishli boʻlsa, 'question tag' boʻlishsiz (inkor) boʻladi.
Eg. You are coming ( ) to the party, aren't you? ( )

Ikkinchi usul: agar darak gap boʻlishsiz boʻlsa, 'question tag' boʻlishli boʻladi.
Eg. You won't tell ( ) anyone about it, will youl?( )

Misollar:
Eg. Tom and Jill hope to get married, don't they?
Eg. There are a lot of people there, aren't there?
Eg. This isn't a good bag, is it?

Yuqoridagi misollardan shuni bilib olish kerakki, 'question tag' qisqa boʻlishi uchun unda ega sifatida faqat kishilik olmoshlari va there bilan boshlangan gaplarda there so'zinig o'zi ishtirok etadi.

Tag question'ning qo'shimcha qoidalari:
Let's… - Keling birikmasi bilan boshlanadigan gaplarda tag question ... shall we shaklida boʻladi.
Eg. Let's dance, shall we?
Eg.Let's go to the cinema, shall we?

Buyruq gaplarda tag question har doim ... will you? shaklida boʻladi.
Eg. Open the door, will you?
Eg. Don't sleep at the lesson, will you?
Eg. Let him carry the shopping, will you? (Yuqoridagi Let’s ..., shall we? qurilmasidan farqlay bilish lozim. Bu yerda Let … buyruq gapni boshlab kelmoqda.)

Qoʻshma gaplarda asosiy mazmun ifodalangan gapdan kelib chiqqan holda tag question hosil qilinadi.
Eg. He won't mind if I leave early, will he?
Eg. I think he is a bit irresponsible, isn't he?
Eg. I thought they moved to London, didn't they?
Eg. He was sleeping when I came, wasn't he?

Ba'zibir istisno holatlarni koʻrib chiqamiz:
nobody/nothing/no/none/never/nowhere/neither va oʻxshash inkor ma'noli soʻzlar qatnashdan darak gaplarda tag question boʻlishli boʻladi:
Eg. Nobody came, did they?
Eg. othing was stolen, was it?
Eg. They have never been to Australia, have they?
Eg. There is no water in the pool, is there?

somebody/someone/anybody/anyone/everybody/everyone olmoshlari qatnashgan darak gaplardan tag question hosil qilinganda they koʻplikdagi olmoshi va koʻplikdagi yordamchi fe'l ishtirok etadi.
Eg. Everybody is here, aren't they?
Eg. Somebody has left their notebook, haven't they?

Hozirgi zamonda I am… deb boshlanadigan darak gaplarda tag question …, aren't I? shaklida boʻladi.
Eg. I am too fat, aren't I?

Koʻpchilik qiynaladigan vaziyat - bu have/has/had fe'llarining boʻlishli gaplarda qoʻllanishidir. Bu fe'llar ham asosiy fe'l, ham yordamchi fe'l boʻlib qoʻllana oladi va ba'zan buni aniqlash qiyin boʻladi.
Bu fe'llar asosiy fe'l yoki have to modal fe'li sifatida qoʻllanilganda, ulardan keyin zamonni koʻrsatadigan boshqa fe'l boʻlmaydi va 'question tag' da yordamchi fe'l sifatida do/does/did qoʻllanadi.
Eg. They have a shower every morning, don't they?
Eg. He has to go now, doesn't he?
Eg. She had to bring the book, didn't she?
Bu fe'llar yordamchi fe'l sifatida qoʻllanilganda, ulardan keyin asosiy fe'l ishtirok etadi va have/has/had fe'llarining oʻzlari shunday shaklda 'question tag' da qoʻllaniladi.
Eg. They have answered all the questions, haven't they?
Eg. He has been to the USA many times, hasn't he?
Eg. He had been there before we arrived, hadn't he?

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
1.4K views𝙰𝚔𝚑𝙼𝚎𝙳𝚘𝚅 — ᴍᴀɴᴀɢᴇʀ , edited  14:40
Ochish/sharhlash
2023-02-08 17:10:43 39-dars. Tanlov soʻroq gaplar va maxsus soʻroq gaplar (The thirty ninth lesson: Alternative Questions and Special Questions)

Hello everybody. How are you? Are you ready for our the thirty ninth lesson?

Let's get started...


Davomi yuqoridagi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
890 views𝙰𝚔𝚑𝙼𝚎𝙳𝚘𝚅 — ᴍᴀɴᴀɢᴇʀ , 14:10
Ochish/sharhlash
2023-02-08 17:10:42 39- dars. Tanlov soʻroq gaplar va maxsus soʻroq gaplar ( The thirty lesson: Alternative Questions and Special Questions)

Tanlov soʻroq gaplar faqat bir xil soʻroqqa javob boʻladigan 2 ta soʻz yoki bogʻlovchisi bilan taqqoslanib, birini tanlashni nazarda tutadi. Bunda doim (or - yoki) bogʻlovchisidan foydalaniladi.
Eg. Would you like coffee or tea?
Answer:Tea.

Maxsus soʻroq olmoshlari quyidagi soʻroq olmoshlari bilan ishlatiladi.

When How long
Where How often
Why Who
How Whom
How much Whose
How many What
How old How fast


Maxsus soʻroq gaplarda ham yordamchi, modal va bogʻlovchi feʼllar egadan oldinga chiqadi, lekin ulardan ham oldin soʻroq olmoshlari ishlatiladi. Maxsus soʻroq gaplarga toʻliq javob beriladi. Ularga qisqa yes/no koʻrinishida javob berilmaydi.

Biz gapda nimaga soʻroq berayotganimizga qarab SQ tuzilish shakli 2 xil usulda hosil qilinadi.

1) Agar biz gapda toʻldiruvchiga, toʻldiruvchining aniqlovchisiga, holga yoki holning aniqlovchisiga soʻroq berganimizda gapdagi yordamchi, modal va bogʻlovchi feʼl egadan oldinga chiqadi.
Struktura: Soʻroq olmoshi+yordamchi, modal, bogʻlovchi feʼl+S+V+2-darajali boʻlaklar.

Amanda is reading an interesting book in the garden.
a) toʻldiruvchiga soʻroq berganda:
What is
Amanda reading in the garden?

b) toʻldiruvchining aniqlovchisiga soʻroq berganda:
What kind of books is
Amanda reading in the garden?
c) Holga soʻroq berganda:
Where is
Amanda reading an interesting book?

Note: Present and Past simple'da boʻlishli gaplarda yordamchi feʼllar (do/does/did) ishlatilmaydi. Ammo soʻroq gaplarda ularni egadan oldinga chiqarib qoʻyamiz.
Eg. Frank lives in Germany.
Where does Frank live?

2) Agarda biz gapda egaga yoki eganing aniqlovchisiga soʻroq berganda gapdagi yordamchi, modal, bogʻlovchi feʼl egadan oldinga chiqmaydi. Faqat ega soʻroq olmoshiga aylanadi. Fe'l esa doim birlikda keladi.
Struktura: Soʻroq olmoshi+yordamchi, modal, bogʻlovchi feʼl/asosiy feʼl doim birlikda+2-darajali boʻlaklar.

Jack and Jill are reading an interesting book in the garden.
a) Egaga soʻroq berganda:
Who is
reading an interesting book in the garden?

SQ'ning inkor soʻroq shakli:
a) toʻldiruvchi, aniqlovchi, holga soʻroq berganda...

Why did not you sleep last night?
b) Egaga inkor soʻroq berganda:
Who does not know English in this group?

Biror bir insonning yoki narsaning qanday ekanligi (xarakteri, xususiyati va etc)ni soʻramoqchi boʻlsak:
Struktura: What+is/are+smb/smth+like?

Biror bir insonning yoki narsaning tashqi koʻrinishi (shakli, rangi, oʻlchami) haqida soʻramoqchi boʻlsak...
Struktura: What+do/does+smb/smth+look like?

Biror bir ish harakat ga (kimga) qancha vaqt ketishini soʻramoqchi boʻlsak, "How long does it take..." dan foydalanib 2xil shaklda yasaymiz.
a) Transport orqali qancha vaqt ketishini soʻraganda:
Struktura: How long+does/did/will+it+take+by taxi/bus/train+from...+to...?

Eg. How long does it take by taxi from Tashkent to Jizzakh?
Answer: It takes 2 hours by taxi to get to Jizzakh from Tashkent.

b) Biror bir kishining biror ish qilishi uchun qancha vaqt ketishini soʻraganda:
Struktura: How long+does/did/will+it+take+smb+to V1
Eg. How long does it take Jack to repair his car?
Answer: It took Jack 3 days to repair his car.

Thanks everybody. See you soon the next lesson.

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
909 views𝙰𝚔𝚑𝙼𝚎𝙳𝚘𝚅 — ᴍᴀɴᴀɢᴇʀ , 14:10
Ochish/sharhlash
2023-02-07 21:23:47 Live stream

Mavzu: IELTS da grammatikani oʻrni va 8.0 daraja olish sirlari

Mutaxassis: 8.0 daraja olgan IELTS mutaxassisi Sheroz Akhmadov ishtirokida boʻlib oʻtdi.
07.02.2023

Marhamat darsni tinglashingiz mumkin.
Oʻz fikr va mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring

@GREEN_GRAMMAR — English with Sheroz Akhmadov
1.6K views @English_Navbahor , 18:23
Ochish/sharhlash
2023-02-07 20:55:04 Quyidagi PDF file da bugungi Live Stream davomida yozilga explanations va notes bor.

Quyida Sheroz Akhmadovning o'zi yuritadigan kanallari bor. Ularda doimo kerakli ma'lumotlar va materials joylab boradi:
@ExamHelpIELTS
@Sheroz_Akhmadov9

Agar Sheroz Akhmadovning o'ziga savollariz bo'lsa, quyidagi account ga yozishingiz mumkin: @Sheroz_Akhmadov

@GREEN_GRAMMAR — English with Sheroz Akhmadov
1.8K views @English_Navbahor , 17:55
Ochish/sharhlash
2023-02-07 20:22:13 Live stream finished (1 hour)
17:22
Ochish/sharhlash
2023-02-07 19:48:59
8.0 score olgan IELTS mutaxassisi Sheroz Akhmadov tavsiyalari...
2.0K views @English_Navbahor , edited  16:48
Ochish/sharhlash
2023-02-07 19:02:25 Hammaga vedio koʻrinyaptimi?
2.1K views @English_Navbahor , 16:02
Ochish/sharhlash
2023-02-07 18:56:47 Live stream started
15:56
Ochish/sharhlash