Get Mystery Box with random crypto!

GrantGO — Grantlar va stipendiyalar

Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar G
Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar
Kanal manzili: @grantgouz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 36.25K
Kanalning ta’rifi

GrantGO.uz saytining telegram kanali
Taʼlim grantlari va boshqa imkoniyatlar haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumotlar.
YouTube: youtube.com/@grantgouz
Reklama: @grantgo_reklama
Kurslar: @grantgo_mentorlik
Tadbirlar: @eventgouz

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 107

2022-07-08 12:10:02
The New York Public Libraryda $75,000 stipendiya to'lanadigan 9 oylik Fellowships at the Cullman Center dasturi

Talablar
— Dasturda akademiklardan tortib mustaqil faoliyat yurituvchi olimlar, jurnalistlar, ijodkor yozuvchilar (yozuvchi, dramaturg, shoir), tarjimonlar, rassomlargacha ya'ni kitob yozish va yaratishga aloqador sohada ishlaydigan barcha qatnashishi mumkin;
— Nomzodlar ingliz tilini bilishlari kerak (ariza shakli ham ingliz tilida to'ldiriladi).

Foydali tomonlari
— Dastur sovrindoriga $75,000 miqdorda stipendiya beriladi;
— Ishtirokchida kompyuter bilan ta'minlangan ofisda ishlash imkoniyati bo'ladi;
— G'oliblar kutubxonadagi barcha qog'oz va elektron kitoblardan foydalana oladilar va b.

Oxirgi muddat
30.09.2022 17:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/09116

#amaliyotlar #stipendiya #AQSh

Telegram | Facebook | Instagram
4.1K views09:10
Ochish/sharhlash
2022-07-08 09:00:03
Kanadada magistratura yoki ikkinchi darajali professional bakalavriat dasturlarida bepul o'qish imkoniyatini beruvchi McCall MacBain Scholars dasturi

Talablar
— McGill universitetining 2023-yil kuzida boshlanadigan to'liq muddatdagi magistratura yoki ikkinchi darajali professional bakalavriat dasturi talablariga javob berish;

— Bakalavr diplomi;
— Ingliz tilini kamida IELTS 6.5+ yoki TOEFL IBT 86 darajada bilish.

Foydali tomonlari
— McGill universitetida magistratura yoki ikkinchi darajali professional bakalavriat dasturining to'liq davomiyligi uchun o'qish va qo'shimcha to'lovlar;
— Akademik semestr davomida, oyiga 2,000 kanada dollari miqdorida yashash xarajatlari uchun stipendiya;
— Monrealga ko'chib o'tish xarajatlari qoplanadi.

Oxirgi muddat
25.08.2022

Batafsil
https://grantgo.uz/go/91530

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Kanada

Telegram | Facebook | Instagram
4.1K views06:00
Ochish/sharhlash
2022-07-08 03:00:02 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

5 kun qoldi:
1. IT Park tomonidan qoʻshma yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda ayol-qizlar uchun Tumaris.Tech loyihasining Markaziy Osiyo inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari
https://grantgo.uz/go/66384

2. Rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari uchun doktorantura bosqichini birinchi raqamli Koreya universitetida o'qish imkoniyatini beruvchi Prezidential Scholarship Fellowship dasturi
https://grantgo.uz/go/84840


10 kun qoldi:
1. Germaniyaning Mannheim universiteti tomonidan magistratura va bakalavr bosqichida tahsil olish uchun Deutschland Scholarship stipendiyasi
https://grantgo.uz/go/11910

2. Yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun toʻliq moliyalashtiriladigan 4 kunlik Kazan Global Youth Summit dasturi
https://grantgo.uz/go/98997

Telegram | Facebook | Instagram
4.7K views00:00
Ochish/sharhlash
2022-07-07 15:10:02
Demokratiya va inson huquqlari uchun Bremen birdamlik mukofoti. Sovrin — 10,000 yevro pul mukofoti

Talablar
— Dasturda ishtirok etish uchun yosh chegarasi belgilanmagan bo'lib, dunyo bo'ylab barcha mamlakat fuqarolari qatnasha oladi;
— Tanlovning bu yilgi qismi iqlim o'zgarishi va ekologiya masalalari uchun bag'ishlangan bo'lib, ushbu sohada bir qancha yutuqlarga erishgan nomzodlar rag'batlantiriladi;
— Tanlovda qatnashish uchun til sertifikatlari so'ralmagan. Ammo nomzod o'z takliflarini ingliz yoki nemis tillaridan birida berishi lozim.

Foydali tomonlari
— Tanlov g'olibi 10,000 yevro pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Oxirgi muddat
31.07.2022 23:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/57851

#tanlovlar #mukofot #Germaniya

Telegram | Facebook | Instagram
4.6K views12:10
Ochish/sharhlash
2022-07-07 12:00:02
Barcha bosqich talabalariga 40ga yaqin yo'nalishda amaliyot o'tash imkoniyati — Organisation for Economic Cooperation and Development (OECD) dasturi

Talablar
— Dasturda qatnashish uchun yosh chegarasi belgilanmagan;
— Dasturda yo'nalishi OECD tashkiloti sohalariga yaqin bo'lgan, bakalavr, magistratura yoki PhD bosqichini kunduzgi ta'lim (full-time) shaklida o'quvchi talabalar qatnashishi mumkin. Amaliyot yo'nalishlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin;
— Nomzod eng kamida 1 oylik amaliyot muddatini o'tay oladigan bo'lishi lozim;

Foydali tomonlari
— Yashash xarajatlari uchun stajyorlarga oylik 700 yevro pul miqdori beriladi;
— Xalqaro miqyosda tajriba olib borish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Oxirgi muddat
01.09.2022

Batafsil
https://grantgo.uz/go/87524

#amaliyotlar #stipendiya #Fransiya

Telegram | Facebook | Instagram
4.3K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-07-07 09:00:10
Magistratura bosqichini Daniyada o'qish uchun o'qish xarajatlari to'liq qoplanadigan Danish Government Scholarship dasturi

Talablar
— Nomzod Yevropa davlatlari fuqarosi bo'lmasligi kerak;
— Ingliz tilini bilish va buni isbotlovchi hujjat ya'ni sertifikatga ega bo'lish lozim;
— Bakalavr bosqichini aynan magistraturaga hujjat topshirayotgan yo'nalishi bo'yicha bitirgan bo'lishi kerak.

Foydali tomonlari
— Dastur uchun saralab olingan nomzodlarga kontrakt puli to'liq to'lab beriladi;
— Kundalik yashash xarajatlari uchun esa 3000 Daniya kronasi miqdoridagi pul har oy berib boriladi.

Oxirgi muddat
01.09.2022

Batafsil
https://grantgo.uz/go/32978

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Daniya

Telegram | Facebook | Instagram
4.3K viewsedited  06:00
Ochish/sharhlash
2022-07-07 03:00:02 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Zamonaviy dunyodagi muammolarni hal etish boʻyicha umumiy mukofot jamgʻarmasi $50,000gacha boʻlgan Fishbowl challenge tanlovi
https://grantgo.uz/go/23581

Telegram | Facebook | Instagram
4.6K views00:00
Ochish/sharhlash
2022-07-06 18:30:43 SAT uchun tayyorlanayotganlar bormi oramizda?
Qayerda tayyorlanayotganingizni izohlarda yozib qoldiring!

#SAT #chat

@grantgouz
4.9K views15:30
Ochish/sharhlash
2022-07-06 17:20:32
SAT nima? Top universitetlarda bakalavr o'qish kaliti bo'lgan imtihon haqida batafsil

SAT imtihoni yoshlar orasida ancha mashhur bo'lishga ulgurdi. AQSH, Kanada yoki Avstraliya kabi davlatlarning ko'plab universitetlarida bakalavr bosqichida o'qish uchun qabul talablaridan biri bo'lgan mazkur testni topshirish haqida ko'pchilik o'ylab ko'rgan.

Bugungi maqolada SAT imtihoni haqida batafsil gaplashamiz.

Maqolani o'qish:
https://grantgo.uz/blog/sat-nima-bakalavr

#SAT #bakalavr #grant #blog

Telegram | Facebook | Instagram
5.2K viewsedited  14:20
Ochish/sharhlash
2022-07-06 12:00:09
Dunyoning eng yaxshi universitetlari qatorida 74-o'rinda turuvchi Myunxen texnika universitetida magistratura darajasini bepul o'qish imkoniyati

Talablar
— Dunyoning barcha davlatlaridan fuqarolar ishtirok etishi mumkin;
— Nomzodlar pedagogika, madaniyat, biznes, jamiyatshunoslik, texnologiya yoki tabiiy fanlar bo'yicha kamida olti semestr o'qiladigan bakalavr darajasiga yoki kasbiy ta'lim va tegishli fan bo'yicha ekvivalent malakaga ega bo'lishlari kerak;
— Kamida bir yillik ish tajribasi talab qilinadi.

Foydali tomonlari
— Dasturni moliyalashtirish Germaniya Federal Ta'lim va Tadqiqot Vazirligi tomonidan olib borilayotganligi sababli 2022/23-yil o'quv yillariga qabul qilingan nomzodlar o'qish to'lovlaridan ozod etiladi;
— Dastur ham oflayn ham onlayn tarzda yarim smenada olib boriladi va bu nomzodlarga ham o'qib ham ishlash imkoniyatini beradi.

Oxirgi muddat
31.07.2022 23:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/34663

#grantlar_va_stipendiyalar #bepul #Germaniya

Telegram | Facebook | Instagram
5.0K views09:00
Ochish/sharhlash