Get Mystery Box with random crypto!

GrantGO — Grantlar va stipendiyalar

Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar G
Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar
Kanal manzili: @grantgouz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 36.57K
Kanalning ta’rifi

GrantGO.uz saytining telegram kanali
Taʼlim grantlari va boshqa imkoniyatlar haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumotlar.
YouTube: youtube.com/@grantgouz
Reklama: @grantgo_reklama
Kurslar: @grantgo_mentorlik
Tadbirlar: @eventgouz

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 103

2022-09-21 14:00:18
Bakalavr talabalariga Janubiy Koreyada to'la moliyalashtirilgan holda bir oy amaliyot o'tash imkonini beruvchi GIFT Internship Program dasturi. Oylik maosh - 500,000 KRW (~$424)

Talablar
— Barcha davlat fuqarolari hujjat topshirishi mumkin;
— Nomzodlar bakalavr bosqichining 3-4-kurs talabasi bo'lishlari kerak;
— Ingliz tilini bilish darajasini belgilab beruvchi sertifikatga ega bo'lishlari lozim (IELTS, TOEFL).

Foydali tomonlari
— Janubiy Koreyaga borish va qaytish uchun aviachipta;
— Bepul yotoqxona;
— Dastur davomida 500.000 KRW (~$424) miqdoridagi stipendiya beriladi.

Oxirgi muddat
25.11.2022

Batafsil
https://grantgo.uz/go/00567

#amaliyotlar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Koreya

Telegram | Facebook | Instagram
5.4K views11:00
Ochish/sharhlash
2022-09-21 12:06:18
O'tkazib yubormang. Koreyaning Pusan shahridan 오수연 (Raina Oh) bilan jonli efir.

Mavzu: Dong-A Universiteti Bakalavr Grant dasturi.
IELTS bilan 100% gacha GRANTlar.
Hujjat topshirishdagi imkoniyatlar va siz uchun eng kerakli ma'lumotlar.

Pusan shahridan:
Dong-A halqaro bo'limi: 오수연 (Raina Oh)
Dong-A 100% Grant sohibi: Umid D.D.

Seul shahridan:
Discovery Group asoschisi: @Sanjar_Narmuradov

Asosiy mavzu: 100% gacha GRANTlar.

Bunday imkoniyatni qôldan boy bermang

Rasmda chapdan o'ngga qarab:
• 100% Grant sohibi Umid D.D.
• Discovery Group CEO Sanjar N.F.
• 김성목 (Sung Mok Kim) 국제교류과장님
• Dong-A Universiteti bilimli qizlaridan Nasiba I.B.
• 신숙영 (Sook Young Shin) 국제교류팀장님
• 오수연 (Raina Oh) 국제교류팀장님

22-sentyabr O'zbekiston vaqti bilan soat 12:00 da.

Ro'yhatdan o'tish va Grantlar haqida ma'lumot: @DongA_Grant_bot orqali.
4.6K views09:06
Ochish/sharhlash
2022-09-21 11:00:03
Toshkentda "O'zbekkosmos" agentligi va NASA tomonidan tashkillashtiriladigan NASA SPACE APPS TASHKENT xalqaro tadbiri

Talablar
—15 yoshdan yuqori dasturchilar, olimlar, dizaynerlar, ma'ruzachilar, ishlab chiqaruvchilar, quruvchilar, texnologlar va kosmik ixlosmandlar ishtirok etishlari mumkin. Agar nomzod soha bo'yicha kuchli bilimga ega bo'lsa, yosh bo'yicha istisno qilinishi mumkin.

Foydali tomonlari
— Dastur soʻnggida sertifikat;
— AQShda bo'lib o'tadigan final bosqichiga yo'l;
— Final bosqichi g'oliblari NASAning rasmiy ofisiga sayohat qilish uchun taklifnomani olishadi; ularda NASA kosmik raketa uchirilishi jarayonini kuzatish imkoniyati ham bo'ladi bo'ladi.

Oxirgi muddat
24.09.2022

Batafsil
https://grantgo.uz/go/43702

#tanlovlar #mukofot #Oʻzbekiston

Telegram | Facebook | Instagram
4.7K viewsedited  08:00
Ochish/sharhlash
2022-09-21 10:00:02
OSCE tomonidan barcha xarajatlari qoplanuvchi "Markaziy Osiyo yoshlari muzokaralari va OSCE modeli" dasturi

Talablar
— Dasturda 18-25 yoshdagi Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
— Ijtimoiy jihatdan faol va Markaziy Osiyo yoshlar mintaqaviy hamkorligiga katta qiziqish bildirishi lozim;
— Ingliz va rus tillarini yaxshi bilishi kerak. Sertifikat talab etilmaydi.

Foydali tomonlari
— Ishtirokchilarning turar joy, oziq-ovqat va ichki transport xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi;
— Xalqaro sayohat xarajatlari tashkilotchilar tomonidan moliyalashtiriladi, ammo qatnashchilar o'z davlati ichidagi transport xarajatlarini o'zlari qoplashi lozim.

Oxirgi muddat
23.09.2022 18:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/19279

#sammit_va_konferensiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Qozogʻiston

Telegram | Facebook | Instagram
4.3K views07:00
Ochish/sharhlash
2022-09-21 08:00:02
O'zining loyiha/kompaniyasini yaratish niyatidagi yoshlar uchun $100 000 miqdoridagi grant — Thiel Fellowship dasturi

Talablar
— 22 yoshdan kichik bo'lgan;
— Biror manfaatli, o'ziga xos loyiha/kompaniya ustida ishlayotgan;
— Dasturda qatnashish uchun yuqori ishtiyoqqa ega bo'lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Foydali tomonlari
— 2 yil davomida $100 000 miqdoridagi grant taqdim etiladi. Berilgan mablag'ni qaytarib to'lash sharti mavjud emas, va jamg'arma nomzodning loyiha/kompaniyasidan hech qanday ulush talab qilmaydi;
— Nomzod loyihasini dunyoning istalgan qismida amalga oshirishi mumkin.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/23264

#tanlovlar #grant #AQSh

Telegram | Facebook | Instagram
4.8K views05:00
Ochish/sharhlash
2022-09-21 05:00:02 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Geneva Centre for Security Policy (GCSP) tomonidan barqaror xavfsizlik sohasi boʻyicha xalqaro loyihalar onlayn tanlovi. Mukofot — $10,000
https://grantgo.uz/go/92408


5 kun qoldi:
1. AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan bakalavr talabalari uchun amaliyot dasturi- Student Internship Program in the Human Resources Office
https://grantgo.uz/go/78581

2. AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan Fargʻona vodiysi ayol-qizlari uchun Academy for Women Entrepreneurs (AWE) dasturi
https://grantgo.uz/go/80494


10 kun qoldi:
1. Ayol-qizlarga mo'ljallangan onlayn va oflayn formatda boʻlib oʻtuvchi The Women Deliver 2023 konferensiyasida qatnashish uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi grant
https://grantgo.uz/go/22413

Telegram | Facebook | Instagram
4.6K views02:00
Ochish/sharhlash
2022-09-20 19:01:20 Slovakiya almashinuv dasturi bo'yicha mentorlik kurslari Ko'pchilik kutgan va bizdan qachon boshlanishi so'ralayotgan Slovakiya almashinuv dasturi mentorlik kursi 2-mavsumini e'lon qilamiz. Slovakiya almashinuv dasturi — bu bakalavr, magistr va PhD talabalariga…
4.9K views16:01
Ochish/sharhlash
2022-09-20 16:00:03
Huawei Uzbekistan kompaniyasidan Seeds For The Future 2022 global ta'lim loyihasi

Talablar

Ushbu OTMlarning 3-yoki 4-kurs talabalari qatnasha oladi:
— Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)
— Amiti universiteti,
— Toshkentdagi Yeoju texnika instituti
— Toshkentdagi Turin politexnika universiteti
— Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)
— MTU “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti"
— Samarqand davlat universiteti
— Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
— Toshkent Xalqaro Ta'lim universiteti

Foydali tomonlari
— Ishtirokchilar uchun xitoylik mutaxassislardan to'g'ridan to'g'ri axborot texnologiyalari bo'yicha bilim olish;
— Kelajakda Huawei Toshkent ofisida amaliyot o'tash va o'qishdan so'ng ishga joylashish imkoniga ega bo'lishadi.

Oxirgi muddat
10.10.2022

Batafsil
https://grantgo.uz/go/62754

#almashinuv_dasturlari #grant #Oʻzbekiston

Telegram | Facebook | Instagram
5.1K viewsedited  13:00
Ochish/sharhlash
2022-09-20 14:00:02
Yangi Zelandiyaning Waikato universitetida bakalavr va magistratura bosqichini istalgan sohada o'qish imkonini beruvchi grant

Talablar
— Dasturga Waikato universitetiga birinchi marta hujjat topshirayotgan va universitetga shartli yoki shartsiz ravishda qabul qilinganqobiliyatli nomzodlar qatnashishlari mumkin.

Foydali tomonlari
— Grant uchun ajratilgan mablagʻ magistratura bosqichi talabalari uchun 20,000 Yangi Zelandiya dollari va bakalavr bosqichi talabalari uchun esa 15,000 Yangi Zelandiya dollari miqdorigacha.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/80755

#grantlar_va_stipendiyalar #kontrakt_puli_qoplanadi #Yangi_Zelandiya

Telegram | Facebook | Instagram
4.7K views11:00
Ochish/sharhlash
2022-09-20 11:00:02
Ayol-qizlarga mo'ljallangan onlayn va oflayn formatdagi The Women Deliver 2023 konferensiyasi

Talablar
— Yoshi va kelib chiqishidan qat'i nazar ayollar huquqlari va gender tenglik masalalariga qiziquvchi barcha ayol-qizlar ariza yuborishlari mumkin;
— Gender tengligi, ayol-qizlar salomatligi, huquqlari va farovonligini oshirishga harakat qilayotgan kam va o'rta daromadli mamlakatlardan qatnashadigan ayol-qizlarga ustunlik beriladi;
— Konferensiya ishchi tili: ispan, fransuz yoki ingliz.

Foydali tomonlari
— Oflayn formatda: borish-kelish aviachiptasi, mehmonxona, viza, oziq-ovqat, ichki transport va ro'yxatdan o'tish xarajatlari to'liq qoplanadi;
— Onlayn formatda: ro'yxatdan o'tish va foydalanilgan internet uchun stipendiya ajratiladi.

Oxirgi muddat
01.10.2022

Batafsil
https://grantgo.uz/go/22413

#sammit_va_konferensiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Ruanda

Telegram | Facebook | Instagram
5.5K views08:00
Ochish/sharhlash