Get Mystery Box with random crypto!

GrantGO — Grantlar va stipendiyalar

Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar G
Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar
Kanal manzili: @grantgouz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 36.57K
Kanalning ta’rifi

GrantGO.uz saytining telegram kanali
Taʼlim grantlari va boshqa imkoniyatlar haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumotlar.
YouTube: youtube.com/@grantgouz
Reklama: @grantgo_reklama
Kurslar: @grantgo_mentorlik
Tadbirlar: @eventgouz

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 105

2022-09-09 08:30:03
Irlandiya Ilmiy Tadqiqotlar Kengashi tomonidan magistratura va doktoranturada istalgan yo'nalish bo'yicha o'qish imkonini beruvchi Government of Ireland Postgraduate Scholarship dasturi; grantning yillik miqdori - €27,500

Talablar
— Istalgan yoshdagi barcha ariza berishi mumkin;
— Magistratura uchun bakalavrni bitirgan yoki bitirish arafasidagi; doktorantura uchun magistraturani bitirgan yo bitirish arafasidagilar arizasi ko'rib chiqiladi.

Foydali tomonlari
— o'quv muddati vaqtida yillik - 18,500 yevro miqdoridagi stipendiya beriladi;
— tadqiqot uchun - 3,250 yevro yillik alohida stipendiya taqdim etiladi;
— qabul qiluvchi o'quv muassasasi, shu jumladan Yevropa Ittifoqiga tegishli bo'lmagan to'lovlar uchun qo'shimcha - 5,7501 yevrogacha mablag' ajratiladi.

Oxirgi muddat
20.10.2022 20:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/25526

#grantlar_va_stipendiyalar #qisman_moliyalashtiriladi #Irlandiya

Telegram | Facebook | Instagram
4.5K viewsedited  05:30
Ochish/sharhlash
2022-09-09 05:00:02 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. “Mustaqil Oʻzbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida huquqiy ijodiy tanlov
https://grantgo.uz/go/18727

2. Finlandiya bilan hamkorlikda ochilgan Toshkentdagi Xalqaro Nordik universitetida o'qish uchun 10 ta grant
https://grantgo.uz/go/91638

3. Fizika va matematika fanlari boʻyicha Phystech International onlayn olimpiadasida qatnashib bakalavr bosqichini Moskva fizika-texnika institutiga grant asosida oʻqish imkoniyati
https://grantgo.uz/go/15238


5 kun qoldi:
1. $86,000 yillik maosh bilan AQShning eng nufuzli oliygohlaridan birida dars berish imkoniyati - PRINCETON ARTS FELLOWSHIP dasturi
https://grantgo.uz/go/35168

2. AQSH universitetida bir o’quv yili davomida mustaqil loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi hamda $86,000 stipendiya bilan ta’minlovchi Hodder Fellowship dasturi
https://grantgo.uz/go/11383

Telegram | Facebook | Instagram
4.7K views02:00
Ochish/sharhlash
2022-09-08 12:50:02
Bakalavr va magistratura bosqichini 2022-2023-yillarda Italiyada o'qish uchun Regional Scholarship dasturi

Talablar
— Bakalavr bosqichiga topshirmoqchi bo'lgan nomzodlar arxitektura, moda va multimedia san'ati, rejalashtirish va shahar dizayni, mahsulot, vizual aloqa va interyer dizayni sohalari bo'yicha ariza yuborishlari mumkin;
— Magistratura bosqichiga topshirish uchun bakalavr bosqichini shunga yaqin sohada tamomlagan bo'lishlari, topshirayotgan sohasi biror tildan sertifikat so'rasa taqdim etishlari kerak.

Foydali tomonlari
— Dastur talabalarni qabul qilinish holatiga qarab o'qish puli, turar-joy, yashash uchun oylik mablag', chegirmali xizmatlar va universitet oshxonasida ovqatlanish kabi pullarini qoplab beradi.

Oxirgi muddat
30.09.2022 23:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/58908

#grantlar_va_stipendiyalar #stipendiya #Italiya

Telegram | Facebook | Instagram
5.2K views09:50
Ochish/sharhlash
2022-09-08 09:10:02
4-mavsum uchun kutilgan yangilik!

Yosh Menejer dasturining 4-mavsumi rasman start olganini ma'lum qilamiz!

Loyiha haqidagi batafsil ma'lumotlarni rasmiy saytimiz yoshmenejer.uz dan olishingiz mumkin.

Ro'yxatdan o'tishda quyidagilarga e'tibor qaratish talab etiladi:

— Ma'lumotlar to'g'ri va to'liq kiritilishi;
—CV (Rezyume) to'g'ri yuklash (rasm emas);
— Motivatsion xatda so'z cheklovlarini inobatga olgan holda fikrlarni yoritib berish.

Dasturning 4-mavsumi uchun ro'yxatdan o'tish 1-sentabr sanasidan 15-sentabrgacha davom etadi.

Do'stlar, yangi imkoniyatlar sari olg'a!

Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://forms.gle/Qe5uT47GHSRfj19E7

Yosh Menejer dasturi: Yangi imkoniyatlar ostonasida!

Murojaat uchun: @young_manager_support

@yosh_menejer_uz
5.1K views06:10
Ochish/sharhlash
2022-09-08 05:00:02 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiyasi bo'yicha tanlov
https://grantgo.uz/go/33922

2. “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi
https://grantgo.uz/go/70110


3 kun qoldi:
1. Texnologiya va IT sohasiga qiziquvchilar uchun Germaniyada qo'shma magistrlik dasturi
https://grantgo.uz/go/57254

Telegram | Facebook | Instagram
5.0K views02:00
Ochish/sharhlash
2022-09-07 16:01:46
Oʻzbekistonda qaysi xorijiy OTMlar diplomlari tan olinadi va nostrifikatsiya qilish jarayoni qanday amalga oshiriladi?

Xorijda oʻqib kelgan yoki endi oʻqimoqchi boʻlgan yoshlarning oldida xorijiy diplom Oʻzbekistonda tan olinadimi, degan savol turadi. Bu maqolamizda diplomning “tan olinishi” (nostrifikatsiya) nima ekanligi, xorijiy universitetlar diplomi qanday nostrifikatsiya qilinishi va qaysi xorij universitetlari diplomlari hech qanday imtihonsiz nostrifikatsiyadan oʻtkazilishi haqida maʼlumot beramiz.

Batafsil:
https://grantgo.uz/blog/nostrifikatsiya

Maqolani doʻstlaringiz bilan ulashishni unutmang!


#blog #nostrifikatsiya

Telegram | Facebook | Instagram
2.6K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-09-07 12:40:02
Ayol-qizlarga mo'ljallangan onlayn va oflayn formatda bo'lib o'tuvchi The Women Deliver 2023 konferensiyasida qatnashish uchun to'liq moliyalashtiriluvchi grant

Talablar
— Yoshi va kelib chiqishidan qat'i nazar ayollar huquqlari va gender tenglik masalalariga qiziquvchi barcha ayol-qizlar ariza yuborishlari mumkin;
— Gender tengligi, ayol-qizlar salomatligi, huquqlari va farovonligini oshirishga harakat qilayotgan kam va o'rta daromadli mamlakatlardan qatnashadigan ayol-qizlarga ustunlik beriladi;
— Konferensiya ishchi tili: ispan, fransuz yoki ingliz.

Foydali tomonlari
— Oflayn formatda: borish-kelish aviachiptasi, mehmonxona, viza, oziq-ovqat, ichki transport va ro'yxatdan o'tish xarajatlari to'liq qoplanadi;
— Onlayn formatda: ro'yxatdan o'tish va foydalanilgan internet uchun stipendiya ajratiladi.

Oxirgi muddat
01.10.2022

Batafsil
https://grantgo.uz/go/22413

#sammit_va_konferensiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Ruanda

Telegram | Facebook | Instagram
1.3K views09:40
Ochish/sharhlash
2022-09-07 09:30:03
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiyasi bo'yicha tanlov

Talablar
— Tanlovda bank ishi, iqtisodiyot, banklarda buxgalteriya hisobi, makroekonomika, statistika yo'nalishlari bo'yicha bakalavrning kunduzgi bo'limining so'nggi kursida (4-kursda) hamda magistraturada ta'lim olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Foydali tomonlari
— G'oliblar respublika hududida o'rnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan kam bo'lmagan miqdorda stipendiya olishadi.

Oxirgi muddat
09.09.2022 17:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/33922

#tanlovlar #stipendiya #Oʻzbekiston

Telegram | Facebook | Instagram
2.4K views06:30
Ochish/sharhlash
2022-09-07 05:00:02 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Garvardda $78,000 stipendiya bilan 9 oy tadqiqot qilish imkonini beruvchi Harvard Radcliffe dasturi; tadqiqot loyihasi uchun alohida $5,000 stipendiya to'lanadi
https://grantgo.uz/go/27571

2. Ijtimoiy fanlar doirasida PhD darajasida o'qish imkoniyati — School of Social Sciences PhD Studentship. Yillik stipendiya miqdori — £16,062
https://grantgo.uz/go/54450


3 kun qoldi:
1. “Mustaqil Oʻzbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida huquqiy ijodiy tanlov
https://grantgo.uz/go/18727

2. Finlandiya bilan hamkorlikda ochilgan Toshkentdagi Xalqaro Nordik universitetida o'qish uchun 10 ta grant
https://grantgo.uz/go/91638

3. Fizika va matematika fanlari boʻyicha Phystech International onlayn olimpiadasida qatnashib bakalavr bosqichini Moskva fizika-texnika institutiga grant asosida oʻqish imkoniyati
https://grantgo.uz/go/15238


10 kun qoldi:
1. Polshaning Sileziya texnologiya universiteti tomonidan bakalavr va magistratura bosqichida oʻqish uchun grant
https://grantgo.uz/go/37326

Telegram | Facebook | Instagram
3.3K views02:00
Ochish/sharhlash
2022-09-06 19:00:11
Talabalar uchun Asaxiy kompaniyasida haq to'lanadigan amaliyot

Talablar
— Dasturda Toshkent shahrida tahsil olayotgan har qanday talaba ishtirok etishi mumkin.

Foydali tomonlari
— Dastur davomida har bir ishtirokchiga oyiga 1 million soʻm stipendiya beriladi;
— Amaliyotni muvaffaqiyatli tugatgan talabaga Asaxiydan sertifikat va tavsiyanoma beriladi;
— Dasturda eng yaxshi ishtirok etganlar Asaxiyga ishga qabul qilinadi.

Oxirgi muddat belgilanmagan
Iloji boricha tezroq hujjat topshirish tavsiya etiladi

Batafsil
https://grantgo.uz/go/12142

#amaliyotlar #stipendiya #Oʻzbekiston

Telegram | Facebook | Instagram
2.9K viewsedited  16:00
Ochish/sharhlash