Get Mystery Box with random crypto!

GrantGO — Grantlar va stipendiyalar

Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar G
Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar
Kanal manzili: @grantgouz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 36.57K
Kanalning ta’rifi

GrantGO.uz saytining telegram kanali
Taʼlim grantlari va boshqa imkoniyatlar haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumotlar.
YouTube: youtube.com/@grantgouz
Reklama: @grantgo_reklama
Kurslar: @grantgo_mentorlik
Tadbirlar: @eventgouz

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 100

2022-09-28 09:00:03
AQShning Simmons Universitetida bakalavr bosqichini o'qish uchun to'liq moliyalashtiriluvchi Gilbert and Marcia Kotzen Scholars dasturi

Talablar
— Kuzgi semestr uchun birinchi kurs talabasi sifatida hujjat topshirilishi kerak;
— Ona tilisi ingliz tili bo'lmagan nomzodlardan til sertifikatlari (IELTS, TOEFL, SAT) so'raladi;
— Baholarining o'rtacha bali (GPA) 3.3 yoki undan yuqori bo'lishi kerak va b.

Foydali tomonlari
— O'qish pulidan to'la ozod etiladi;
— Yotoqxona va tadqiqotlar uchun xarajatlar qoplanadi;
— Yiliga $3,000 stipendiya to'lanadi.

Oxirgi muddat
01.12.2022

Batafsil
https://grantgo.uz/go/36848

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | Facebook | Instagram
1.4K views06:00
Ochish/sharhlash
2022-09-28 07:00:03
Bakalavr bosqichida taʼlim olayotgan ayol-qizlar uchun AQShda 4 haftalik amaliyot - SUSI for Young Women Leaders Program. Barcha xarajatlar moliyalashtiriladi!

Talablar
— Dasturda 18 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan ayol-qizlar ishtirok etishi mumkin;
— Nomzod bakalavrning 1-, 2-, 3-bosqichida kunduzgi ta'limda o'qiyotgan bo'lishi lozim;
— Ingliz tilida mukammal darajada o'qishi, yozishi va gapira olishi kerak va b.

Foydali tomonlari
— Xalqaro va ichki safar xarajatlari qoplanadi;
— Bepul turar joy, oziq-ovqat bilan ta'minlanadi;
— O'quv qo'llanmalardan bepul foydalanish, turli mashg'ulot va tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Oxirgi muddat
31.10.2022 18:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/51856

#almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | Facebook | Instagram
2.2K views04:00
Ochish/sharhlash
2022-09-28 05:00:02 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Germaniyada musiqa yoʻnalishi bo'yicha magistraturada taʼlim olish uchun xarajatlari toʻliq qoplanuvchi DAAD stipendiyasi dasturi
https://grantgo.uz/go/10494


3 kun qoldi:
1. Ayol-qizlarga mo'ljallangan onlayn va oflayn formatda boʻlib oʻtuvchi The Women Deliver 2023 konferensiyasida qatnashish uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi grant
https://grantgo.uz/go/22413


5 kun qoldi:
1. Umumiy mukofot miqdori 6,200,000 rubl boʻlgan 18 yoshdan yuqori barcha dasturchilar uchun Yandex Cup 21-onlayn musobaqasi
https://grantgo.uz/go/96456

Telegram | Facebook | Instagram
2.8K views02:00
Ochish/sharhlash
2022-09-27 15:00:00
Suhbat qobiliyatini "native spikerlar" bilan muloqot qilish orqali rivojlantirish uchun 5 ta mobil ilova

Ingliz tilini va boshqa xorijiy tillarni o'rganishda eng qoʻl keladigan qobiliyat esa bu albatta — gapirish, yaʼni speaking. Suhbatlashish qobiliyati (speaking) ni rivojlantirishda esa tajriba muhim hisoblanadi. Ayniqsa, oʻrganilayotgan tilni "native spikerlar" bilan suhbatlashish orqali his qilish, asl maʼnosini anglash – jarayonni yanada qiziq boʻlishida yordam beradi.

Demak, ushbu blogda suhbat davomida ravon va mazmunli gapirish uchun yordam beradigan bepul mobil ilovalar haqida maʼlumot bermoqchimiz. Ushbu ilovalar orqali "native spikerlar" bilan yaqindan tanishish, oʻrgangan bilimlarni mustahkamlash, savollar paydo boʻlsa soʻrash imkoniyati mavjud.

Maqolani o'qish:
https://grantgo.uz/blog/speaking-ilovalar

#blog #xorijiy_tillar #til_organish #ingliz_tili

Telegram | Facebook | Instagram
1.5K views12:00
Ochish/sharhlash
2022-09-27 14:00:00
O’ZBEKISTONDA ILK BOR

TRENING FORMATDAGI
“TÖMER 3 OYDA” KURSI

TURK tili xalqaro
sertifikatining imkoniyatlari:
Magistraturaga kirish uchun eng qisqa fursatda olinadigan til sertifikati;
Turkiyada bakalavr va magistraturaga bir yil til kursisiz o’qish imkoniyati;
Turk kompaniyalari va firmalarida 400-800$ oylik maoshli ishlar;
Biznesmenlar uchun keng ko’lamli hamkorlik yo’llari;
Ustama oylik maosh

Joylar soni cheklangan
Hoziroq ro’yhatdan o’ting

Ro’yhatdan o’tish

Menejerga bog’lanish

55-500-60-50

META-TA’LIM TÖMER markazi
2.6K views11:00
Ochish/sharhlash
2022-09-27 11:30:02
Kaliforniyaning Berkeley universitetidan ingliz tilida yozish mahoratini oshirishga qaratilgan 6 haftalik bepul kurs

Talablar
— Dasturda barcha ishtirok etishi mumkin.

Foydali tomonlari
— Akademik va professional ish uchun mo'ljallangan ingliz tilida yozish mahoratini mutlaqo bepul o'rganish imkoniyati mavjud;
— Erkin grafik asosida bemalol o'rganish imkoniyati bor;
— Kaliforniyaning Berkeley universiteti o'qituvchilaridan saboq olinadi.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/80360

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #AQSh

Telegram | Facebook | Instagram
3.2K views08:30
Ochish/sharhlash
2022-09-27 09:10:02
SUSI for Scholars - tadqiqotchi olimlar, taʼlim sohasi mutaxassislari va o'qituvchilar uchun to'liq moliyalashtiriluvchi Amerika institutlarini o'rganish dasturi

Talablar
— Nomzod ingliz tilini a'lo darajada bilishi kerak;
— Ishtirokchilar ingliz tilida o'qish bo'yicha muhim topshiriqlarni bajarishi va barcha seminar hamda panel muhokamalarida to'liq va faol ishtirok etishi kutiladi;
— Nomzod o'z sohasiga tegishli bo'lgan muassasalarda kamida 7 yillik ish tajribasi va magistratura diplomiga ega bo'lishi kerak va b.

Foydali tomonlari
— J-1 vizasi va safar oldidan tayyorlov;
— Bepul turar-joy va baxtsiz hodisalar uchun sug'urta;
— AQShga borish va o'z vataniga qaytib kelish uchun aviachipta hamda yashashi uchun moddiy yordam va b.

Oxirgi muddat
31.10.2022 18:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/57811

#almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | Facebook | Instagram
3.7K views06:10
Ochish/sharhlash
2022-09-27 05:00:02 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

3 kun qoldi:
1. AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan IT sohasida oʻqiyotgan bakalavr talabalari uchun amaliyot dasturi — Student Internship Program in the Information Systems Center/IT
https://grantgo.uz/go/17195

2. 5 yillik tajribaga ega professional jurnalistlar uchun McGraw xalqaro amaliyot dasturi. Mukofot miqdori — $15000  
https://grantgo.uz/go/69507

3. Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan Oʻzbekistondagi OTM talabalari uchun bir yillik grant
https://grantgo.uz/go/76613

4. Rossiyada bepul oliy taʼlim olish imkonini beruvchi 16 yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladigan Xalqaro yoshlar olimpiadasi
https://grantgo.uz/go/67338

5. DAAD tashkiloti tomonidan Germaniyada arxitektura yoʻnalishida magistratura va qisqa kurslarda taʼlim olish imkoniyati
https://grantgo.uz/go/71217

6. XushnudbekUz telegram kanali tomonidan eʼlon qilingan 155 million soʻmlik Mustaqillik taʼlim granti

https://grantgo.uz/go/29389

7. Yoshidan qatʼi nazar, barcha qiziquvchilar uchun istalgan janr va uslubdagi sheʼriyat tanlovi — Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest
https://grantgo.uz/go/94103

8. The New York Public Libraryda $75,000 stipendiya toʻlanadigan 9 oylik Fellowships at the Cullman Center dasturi
https://grantgo.uz/go/09116

9. Bosh mukofoti 15 million soʻm boʻlgan “Ilm innovatsiya va taraqqiyot” videoroliklar koʻrik-tanlovi
https://grantgo.uz/go/86596

10. Bakalavr va magistratura bosqichini Italiyada o'qish uchun Regional Scholarship dasturi
https://grantgo.uz/go/58908


5 kun qoldi:
1. Qozon shahrida boʻlib oʻtuvchi toʻliq moliyalashtiriladigan IHT Yoshlar Ilmiy Kongressi
https://grantgo.uz/go/82437

Telegram | Facebook | Instagram
3.8K views02:00
Ochish/sharhlash
2022-09-26 14:02:27
TOEFL imtihoni haqida batafsil

TOEFL — Test of English as a Foreign Language bugungi kunda dunyoning eng mashhur ingliz tilini baholash testlaridan biri hisoblanadi. Galdagi maqolada TOEFL imtihoning talablari, baholash tizimi, ro'yxatdan o'tish va boshqa ko'plab jarayonlar haqida gaplashamiz.

Maqolani o'qish:
https://grantgo.uz/blog/toefl-imtihoni

#toefl #ingliz_tili #blog

Telegram | Facebook | Instagram
3.0K views11:02
Ochish/sharhlash
2022-09-26 11:00:03
Texnologiya, ijtimoiy taʼsir va barqarorlikka oid bo'lgan innovatsion startap loyihalari uchun UNWTO Awake Tourism Challenge tanlovi

Talablar
— Kamida 2 nafar 35 yoshdan kichik bo'lgan a'zolardan iborat to'liq vaqtli jamoa;
— Early Stage yoki Series A turidagi startap;
— Ma'lum qiymat/manfaat bera oladigan istalgan innovatsion yechimlar: texnologiya, ijtimoiy ta'sir va barqarorlikka oid bo'lgan yechimlar mamnuniyat bilan qabul qilinadi.

Foydali tomonlari
— UNWTO demo kunida ishtirok etish uchun Wakalua homiylik qiladi (joy va mamlakat e'lon qilinadi);
— Les Roches Spark Innovation Center inkubatsiya xizmatlari: Sommet Education group tomonidan taqdim etiladigan Shveysariya, Krans-Montana shahrida 3 oylik turar-joy.
— Startaplarni ishga tushirish va o'sish imkoniyatlarini osonlashtiradigan YouNoodle platformasidan foydalanish;

Oxirgi muddat

15.10.2022

Batafsil
https://grantgo.uz/go/28964

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | Facebook | Instagram
3.4K views08:00
Ochish/sharhlash