Get Mystery Box with random crypto!

Qora ot (inglizcha 'Dark horse') Kutilmaganda g'oliblikka da | Fobiya va Sindromlar

Qora ot (inglizcha "Dark horse")

Kutilmaganda g'oliblikka da'vo qiluvchi nomzod bo'lib, uning g'olib bo'lishi haqida avval hech kim o'ylab ham ko'rmagan.

Terminning kelib chiqish tarixi ot sportiga borib taqaladi. Benjamin Dizraelining "Yosh gersog" romanida shunday jumla uchraydi: "Hech kim xayoliga ham keltirmagan, hatto Sent-Jeyms gertsogi ro'yxatda pisand qilmagan qora ot g'oliblik yo'lagidan yugurib kelardi,

Hozirgi kunda bu termin turli musobaqalarda g'oliblikka kutilmagan tarzda nomzod bo'lib qolgan qatnashuvchilarga nisbatan ishlatiladi. Masalan, 2016-yildagi "Lester" jamoasi haqida shunday deyish mumkin.

Nota bene!