Get Mystery Box with random crypto!

Boykot nima? Boykot deb biror shaxs, tashkilot yoki davlatga | Fobiya va Sindromlar

Boykot nima?

Boykot deb biror shaxs, tashkilot yoki davlatga eʼtiroz sifatida, ular bilan tovar olish, sotish yoki ish koʻrishdan ixtiyoriy ravishda bosh tortishga aytiladi. Boykot isteʼmolchilar huquqlarini himoyalash yoki siyosiy sabablarga binoan qilinishi mumkin.

XIX asr oxirida (1880 yillar) bir aslzodaning mulkida Charlz Boykott (Charles Boycott) ismli boshqaruvchi ishlagan. U adolatsiz ijara to‘lovidan norozi bo‘lgan ishchilarga qarshi kurashgan odam sifatida tanilgan. Charlz qilgan harakatlar besamar ketmagan. Mahalliy aholi u bilan salomlashmay va hatto gaplashmay qo‘ygan, unga do‘konlarda hizmat ko‘rsatishdan bosh tortishgan, cherkov yig‘inlarida esa uning yonidagi skameykadagi o‘rindiqlar doimo bo‘sh bo‘lgan. Ushbu voqea ingliz tilida "boykot" so‘zining paydo bo‘lishiga olib kelgan.


Tᴀϙɪϙʟᴀɴɢᴀɴ Fᴀɴ