Get Mystery Box with random crypto!

Ash eksperimenti 1951-yilda e'lon qilingan psixologiya tarixi | Fobiya va Sindromlar

Ash eksperimenti

1951-yilda e'lon qilingan psixologiya tarixidagi eng mashhur eksperimentlardan biri. Qisqacha tushuntiraman:

Bir qancha aktyorlar va bitta sinaluvchi (u qolgan sheriklari aktyorlar ekanligini bilmaydi) bir xonaga sinov uchun kiritiladi. Quyidagi rasm ularga ko'rsatiladi. Sinaluvchi alohida olingan chiziq C chiziq bilan teng ekanligini ta'kidlaydi. Ammo uning yonidagilar (aktyorlar) aslida alohida chiziq A chiziq bilan teng deb turib olishadi. Sinaluvchi ularga noto'g'ri fikrlayotganini uqtirishga urinadi. Ammo ular o'z fikrida qat'iy turib oladi.

Bir necha bor urinishlardan so'ng, u ham sekin aktyorlarning fikriga bo'ysunishga majbur bo'ladi. Atrofidagilarning ta'siri uni ham noto'g'ri javobni to'g'ri deyishga undaydi.

Ash eksperimentining mohiyati shundaki, sinaluvchi o'zining fikri to'g'ri ekanligini biladi, ammo ko'pchilikning harakatiga qarshi chiqa olmaydi.

@bookipediya