Get Mystery Box with random crypto!

Ustoz Shifudan 100 ta dars 5-dars Panda, O'zbekistonda yasha | F.M|Personal blog

Ustoz Shifudan 100 ta dars

5-dars


Panda, O'zbekistonda yashar ekansan, ikkita kasb egasini yaxshilab tanib ol. Yangilikning bari ularda va eng qizig'i istalgan mavzuda suhbatni davom ettira olishadi.
Bular taksichilar va sartaroshlar.

Siyosat, iqtisod, tabobat, bashorat hammasidan xabari bor.
Ular judayam samimiy, kirishimli va xushchaqchaq odamlar bo'lishadi.

Lekin ular bilan quyidagi ikkita holatda hushyor bo'l:

1. Sartaroshga borsang (ba'zilari), boshingga uzoq tikilib, ''Qanaqa qilib olamiz?'' deb so'raydi.
Sen kuyib-pishib tushuntirasan.
Lekin baribir o'zi bilganidek oladi.

2. Pitakdagi taksichilarning ''Bitta odam olamiz, srazu yuramiz'' degan gapiga ishonib ketaverma. Borsang odatda sen birinchi odam bo'lasan.

Asabni asra Po...

@Muhammadali_Eshonqulov