Get Mystery Box with random crypto!

Ustoz Shifudan 100 ta dars 6-dars Yodingda tut Panda! Usto | F.M|Personal blog

Ustoz Shifudan 100 ta dars

6-dars

Yodingda tut Panda!

Ustozim Ugvey aytardi: "Erkak kishidan oyligini, ayol kishidan yoshini so'rashmaydi.
Yigit kishi tizzasini ko'rsatib yursa barakasi qochadi. Hayo degan narsa faqat ayollarda emas, erkaklarda ham bo'lishi kerak. Ayol kishi bilan qo'l berib so'rashish odobsizlik bo'ladi."


Yana bir nozik masalaga diqqat qil Po!

O'zbek erkaklariga ''To'lishibsizmi'' desang, ba'zan maqtov sifatida qabul qilinishi mumkin.
Odatda javob sifatida qorniga urib qo'yib, ''Avtoritetda bu'' deb qo'yishadi. Nima emish, ichiga tortganda bilinmasa qorinmas emish.
Qorinni oziyam ko'p. Sport bilan shug'ullanib, ixchamgina bo'lib yurish kerak. Zero to'ldirilishi mumkin bo'lgan eng yomon idish qorindir.


Lekin qulog'im tinch bo'lsin, uzoq yashay desang, hech qachon, qaytaraman heech qachon ayol kishiga ''Semiribsizmi?" dema!

Hatto sendan ikkita kelgan taqdirda ham!

Boshing omon bo'lsin Po...

@Muhammadali_Eshonqulov