Get Mystery Box with random crypto!

Ustoz Shifudan 100 ta dars 4-dars: Mehmondorchilik Panda! | F.M|Personal blog

Ustoz Shifudan 100 ta dars

4-dars: Mehmondorchilik

Panda!


O'zbeklar dunyodagi eng mehmondo'st xalq:

O'zlari eski idish-tovoq ishlatishsa ham, mehmonlarga yangi, chiroyli va qimmat idish-tovoq, vazalarni servantga terib qo'yishadi.
O'zlari har kuni yemaydigan noz-ne'matlarni mehmonga qo'yishadi.
Shuning uchun mehmon kelsa bolajonlarga bayram. Aniqrog'i ketsa bayram.

Panda!

Mehmonga borsang oldindan ogohlantirib bor. Yaxshilab bozorlik qil, iloji bo'lsa bir kiloday go'sht sotib ol. Chunki o'zbeklar borganingdan ovqatga unashadi.

Uyga kirsang mezbon ko'rsatgan joyga o'tir. Ahli ayoliga ko'zing tushmasin, o'zbeklar juda or-nomusi baland, hamiyatli xalq.

Mezbon oling demaguncha dasturxonga qo'l uzatma.
Sabr qil. Bilaman, qorning ochsa jahling chiqadi.

Ovqatni chiroyli suhbat bilan yegin.
Telefoningni kavlama.
Keyin Kungfu Panda 1-qismimizdagidek og'zingni to'ldirib, chapillatib yema. U paytlar hali yosh eding.
Iloji bo'lsa odatiy ovqatlanishingni o'zing tasvirga tushirib, keyin bir tomosha qilib chiq. Kamchiliklarni tashqaridan ko'rish oson. Isloh qilishing tezlashadi.

Juda qiynalsang, Yuksalishga bor. Dasturxon odobi degan darslari bor. Qoshiq, sanchqi, pichoq, likopcha, salfetkadan foydalanish-u hammasini o'rgatishadi.

Savollar bormi?

-Ustoz Shifu, bilasiz ba'zan qornim to'ymay qolishi mumkin. Shunaqa paytda nima qilaaay?

-Uni yo'li oson. Mezbonga ''Ovqat biram ajoyib bo'libdi! Bay bay bay, anchadan beri bunaqa shirin taom yemagandim'' desang, mezbon ''Yana quyib kelishsinmi?'' deb so'raydi.
Shunda uyalibgina ''Qanday bo'larkin'' deb qo'yasan.

O'zbeklar juda farosatli xalq.
Avvalo qorningni ko'rib, kattaroq kosaga suzib kelishsa kerak.

#UstozShifu

@Muhammadali_Eshonqulov