Get Mystery Box with random crypto!

Zararli odatlardan qutulishni eng oson yo'llari 1) Atrofingiz | Fayzullaxon | Blog

Zararli odatlardan qutulishni eng oson yo'llari

1) Atrofingizni bu turdagi insonlar guruhidan tozalash. Masalan cheksangiz va chekmaydigan va bu ishni qoralaydigan odamlar orasiga tushib qolsangiz, ko'p xolatlarda bu sizning chekishingizni tashlashga yordam beradi

2) Ushbu yomon odatni qilganingizga jazo va qilmagan kuningiz uchun rag'bat tashkillashtirish. Masalan ko'p telefon o'ynasangiz kuniga 4 soatlik limit qo'yib ko'proq o'ynasangiz 20.000 yoki 30.000 ehson qilib yuborish va kamroq o'ynasangiz o'zingizga qandaydir narsa sovg'a qilish

3) Bittada bu yomon odatni to'xtatishga harakat qilmasdan, oz-ozdan kam-kamdan kamaytirish. Masalan agar chekishni tashlamoqchi bo'lsangiz kuniga 3 marta cheksangiz, 1 martaga, 1 marta bo'lsa 2 kunda bir chekishga shunga o'xshab oz-ozdan kamaytirish kerak

4) Bu ishni qilish imkoniyatini to'xtatib qo'yish. O'zim bilan oldin bo'lgan xolat, kechqurun telefonimdan ko'p vaqt bekorga foydalanar edim, va kelasi kunlardan odat qildim telefonimni kimgadir berib qo'yishga va ertalab sizdan olaman deb aytishga. Bu ham zo'r yordam beradigan usul

Asosan bu yerdagi usullar Jeyms Klirning Atom odatlari kitobidan olingan, kitobni o'qib ko'rib yana qo'shimcha foydali ma'lumotlar olishingiz mumkin

@Fayzullaxon_Muzaffarov