Get Mystery Box with random crypto!

Odamlar nima deydi? Ochig'i o'zimga eng yoqmidigan gap. Odaml | Fayzullaxon | Blog

Odamlar nima deydi?

Ochig'i o'zimga eng yoqmidigan gap. Odamlar nima deydi.

Ba'zi bir xolatlarda, xayotimizda ko'p qarorni o'z xohishimiz bilan emas, boshqalar uchun belgilaymiz. Masalan: Man yurist bo'lmoqchiman, yo'q san biznesmen bo'lasan, biznesmenni o'g'lisan, odamlar nima deydi yoki mani ishimga universitetti umuman aloqasi bo'masayam o'qishim kere chunki ziyolilar avlodiman, odamlar nima deydi. Yoki to'yimga oshga hammasiga 500 kishi chaqirishim kere, odamla nima deb o'ylidi. Yo'q

Odamlar nima bo'lsa ham gapiradi. Siz nima qilishingizdan qat'iy nazar odamlar gapiradi, siz 50 kishilik to'y qisez ha kam odam chaqirib to'y qibdi pastlik qilib didi yoki 500 kishi chaqirsa shuncha pul isrof deydigan odam ham topiladi.

Odamlarni gapiga umuman e'tibor berish yoki ular uchun nimadir qilish umuman kerak emas, ular har doim gapiradi. Odamlar gapirmasligi uchun 4 yil umrni instutta xazon qilish yoki mashinani sotib to'y qilish nimaga kerak?

Gapirayotgan odam to'yingizzi pulini yoki ketqazgan vaqtingizni qaytarib bermaydi, shu sababli birovlarning gapi uchun yashashshi to'xtatish kerak

Umr oz, bundan foydalanib zavqlanib, ibodatti qib, maza qilib yashash kerak

Subyektiv fikr. Postga munosabatingizzi izohda kutaman )

@Fayzullaxon_Muzaffarov