Get Mystery Box with random crypto!

Universitet kerakmi? Hozirgi paytda eng aktual mavzu. Univers | Fayzullaxon | Blog

Universitet kerakmi?

Hozirgi paytda eng aktual mavzu. Universitet kerakmi? Ha, kerak. Kimga kerak? Ma'lum bir sohadagi diplomsiz ishlab bo'lmaydigan kasb egasi bo'lmoqchi bo'lganlar (doktor, o'qituvchi), davlat ishida ishlamoqchi bo'lganlarga, hali hech kim bo'lishi aniq bo'lmagan plani yo'qlar uchun shart. Qolganlar uchunchi? O'qisa foyda, lekin o'qimasa vahimaga tushish, kerak ekan deb o'ylab umuman o'zini sohasi bo'lmagan universitetlarda o'qishni tavsiya qilmiman. Bu pulga usha sohada rivojlanishga yoki soft skillslarni rivojlantirishga yordam beruvchi kurslarda o'qigan afzalroq

Va shuni etib qo'yish kerak, universitetdan juda katta narsani kutish kerak emas. Universitet bilan bir vaqtda qo'shimcha kurslarga borib, ma'lum bir kasbni mukammal o'rgangan va tajriba orttirgan yaxshiroq. Chunki hozir "Частный" korxonalar diplom emas, tajriba so'rayabdi, shuning uchun o'qish vaqtida tekinga bo'lsa ham tajriba orttirish uchun ishlab qo'yaverish kerak

Qanday universitetni tanlash kerak? Yaxshiroq varianti chet el universitetida, yoki O'zbekistonda o'qimoqchi bo'lsangiz, hozirda ochilayotgan nodavlat universitetlarda o'qishni tavsiya qilgan bo'lar edim. Nega bunaqa? Davlat universitetlarida o'qiyotgan insonlar bilan gaplashganimda, deyarli barchasining javobi, davlat sektorlarida asosan faqat nazariy bilimlar beriladi va bilim 2-darajada asosiysi forma, davomat va hokazo...

Lekin bu degani universitetda umuman o'qish kerak degani emas, o'qish kerak. Lekin faqatgina diplom uchun emas, haqiqatdan kuchli ta'lim beruvchi foydali, kuchli tanish-bilish orttirish mumkin bo'lgan, sizga xayotda haqiqatdan ham yordam beruvchi universitetda o'qish kerak

@Fayzullaxon_Muzaffarov