Get Mystery Box with random crypto!

Biz ... Biz- XiaoMe ham, Iphone ham bir xil funksiya bajarish | Fayzullaxon | Blog

Biz ...

Biz- XiaoMe ham, Iphone ham bir xil funksiya bajarishini bilamiz lekin Iphone olishga harakar qilaveramiz (Chunki bizga status kerak)

Biz- futbol kabi o'yinlarni ko'rish, instagram, facebookda soatlab o'tirish, telefon o'yinlarini o'ynash aslida bizga hech qanday foyda bermasligini ham bilamiz, lekin bu ishlarni takrorlayveramiz

Biz- vaqt eng buyuk ne'mat, undan unumli foydalanish kerakligini bilamiz, lekin bu vaqtni umuman foydasiz narsalarga sarflaymiz

Biz- juddda ko'p narsani bilamiz, lekin hech qaysinisiga amal qilmaymiz

Biz- 5 mahal namoz o'qish farz, Allohning buyrug'i ekanini bilamiz, lekin o'qimaymiz

Biz- faqat og'izda gaplarimiz zo'r, dindor, taqvodormiz, aslida ...

Biz- Allohdan qo'rqamiz deymiz, lekin uning buyruqlarini bajarmaymiz

Biz- bu dunyo o'tkinchi, oxirat abadiyligini bilamiz, lekin vaqtimizni faqat bu dunyo ishlari uchun sarflaymiz

Biz- faqat baxona izlaymiz

So'ngi so'zim- biz faqat bilamiz ...

@Fayzullaxon_Muzaffarov_Life