Get Mystery Box with random crypto!

Bu post biron- bir ishni maqsad qilib, boshlay olmayotganlarga | Fayzullaxon | Blog

Bu post biron- bir ishni maqsad qilib, boshlay olmayotganlarga bag'ishlanadi

Ko'pchilik qilmoqchi ishlarini boshlay olmayotganini asosiy sababi, bu ish ularni ko'ziga katta ko'rinib, uni keyinroqqa qoldirishlaridir. Buni yengishni eng oddiy yo'li bu katta maqsadlarni kichik maqsadchalarga bo'lib chiqish kerak!

Masalan o'quv markaz ochmoqchisiz, endi shu maqsadni kichik maqsadchalarga bo'lamiz, buning uchun bizga nima kerak bo'ladi: O'quv markazni ro'yxatdan o'tkazish, ofis topish, o'qituvchi topish, reklamani yo'lga qo'yish va hokazo. (Bularni hammasini yozib chiqish kerak!)

So'ng orasidan birinchi qilishingiz kerak bo'lgan bitta maqsadchani tanlab olib, hozir shu maqsadcha uchun nima qila olasiz aniqlab olasiz

Masalan o'quv markaz uchun birinchi nima qilish kerak, ofis topish kerak (masalan)

Endi shu qadamni bajarish uchun nimalar qilish kerakligini, stiker olib ketma-ket qilib yozib chiqamiz:

Ofis topish uchun nima qilaman:
1. Ertaga ertalab 10 da Jasurdan ofis topishga qarashishini so'rayman. U hozir bekorchi voqti ko'p manga ofis topishga yordamlasha oladi

2. Ertaga soat 11 da Drujbadan arendaga berilayotgan joy qidiraman

3. Ertaga soat 12 da ofis arendaga beradigan sayt va kanallardan ofislar qidiraman

Shunga o'xshash harakatlar ketma-ketligi qilib chiqsa o'sha kichik maqsadchaga erishish va har birini shunday yozib belgilab bajarib borsa maqsadlarni amalga oshirish osonlashadi

Bir narsani yodda tutish kerak harakatlarni yozganda aniq-aniq qilib olish kerak: Nechida kim bilan qayerda hammasini yozish kerak, unda keyin qilmoqchi bo'lgan voqtingizda nimadir xato ketib, ishingiz keyinga surilishi mumkin...

Dovron Turdiyev "Anti-Dangasalik" kursidan olingan xulosalar

@Fayzullaxon_Muzaffarov