Get Mystery Box with random crypto!

Elchi Muhsinxo’ja Abdurahmonov 6 dekabrda Kobe shahriga amaliy | Embassy of Uzbekistan in Japan

Elchi Muhsinxo’ja Abdurahmonov 6 dekabrda Kobe shahriga amaliy tashrifi doirasida Hisamoto Kizo shahri meri va Kobe shahridagi JETRO vakolatxonasi bosh direktori Nozava Takura bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Kobe meri bilan uchrashuvda respublikada siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar atroflicha yoritildi. Kobe shahridagi kichik va oʻrta biznes subʼyektlarini biznes yuritish uchun jalb qilish, Oʻzbekistonda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalasi alohida muhokama qilindi.

JETRO ofisida boʻlib oʻtgan muzokaralar chogʻida bosh direktor Nozava Takura Elchining 2022-yilda shahar ishbilarmon doiralari uchun Oʻzbekistonning sarmoyaviy va eksport salohiyati taqdimotini oʻtkazish taklifini qoʻllab-quvvatladi va respublika bilan ishbilarmonlik aloqalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.