Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 5 dekabr kuni O‘zbekistonning Yaponiyadagi Elchi | Embassy of Uzbekistan in Japan

Joriy yilning 5 dekabr kuni O‘zbekistonning Yaponiyadagi Elchixonasida 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 29 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbir doirasida “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan bir qator Yaponiya fuqarolariga, xususan Maydzuru shahri meri Ryozo Tatami, Tsukuba universiteti rektori Kyosuke Nagata, Nagoya iqtisodiyot universiteti prezidenti Haruo Saburi, Toyo universiteti kansleri Shinzi Fukukava va prezidenti Etsuko Yaguchi, Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiyalar universiteti professori Yoshiko Kavabata va Hokkaydo universiteti professori Masato Hivatariga o‘z mukofotlari topshirildi.

Shuningdek, bayramga bag‘ishlab “Guliston” raqs ansambli tomonidan o‘zbek milliy raqslari ijro etilib, mehmonlarga bayram dasturxoni yozildi.