Get Mystery Box with random crypto!

10 dekabr kuni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va | Embassy of Uzbekistan in Japan

10 dekabr kuni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Nara prefekturasi gubernatori Shogo Arai oʻrtasida onlayn muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Ikki viloyat oʻrtasida koʻp tarmoqli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Nara prefekturasi gubernatori Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar Buyuk ipak yo‘li davridan boshlab 1300 yil avvalga borib taqalishini ta’kidladi.

Gubernator Nara prefekturasi va Samarqand viloyati o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarni ishga solishga tayyorligini bildirdi.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Yaponiya tomonini savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda amalga oshirilmagan katta salohiyatni hisobga olgan holda ikki hudud o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirishga chaqirdi.

Onlayn muzokaralar natijasida yaqin vaqt ichida Samarqand viloyati va Nara prefekturasi oʻrtasida doʻstona munosabatlar toʻgʻrisida Bitim imzolash boʻyicha kelishuvga erishildi.