Get Mystery Box with random crypto!

Elchi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Gunma prefekturasiga tashrifi c | Embassy of Uzbekistan in Japan

Elchi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Gunma prefekturasiga tashrifi chog‘ida yapon tilini o‘rgatish va chet el ishchilarini jalb qilishga ixtisoslashgan “Nippon akademi” ta'lim muassasasi prezidenti Masumi Shimidzu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda o‘zbekistonlik fuqarolarning malakasini oshirish va keyinchalik Yaponiyada ishga joylashtirish, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari va Prezident ta'lim muassasalari uchun onlayn yapon tili kurslarini bepul asosda tashkil etish hamda O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlaridan birida yapon tilini o‘rganish markazini ochish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuv natijasida o’quv muassasasi rahbari bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo’yicha kelishuvga erishildi.