Get Mystery Box with random crypto!

Markaziy saylov komissiyasi

Telegram kanalining logotibi electionsuz — Markaziy saylov komissiyasi M
Telegram kanalining logotibi electionsuz — Markaziy saylov komissiyasi
Kanal manzili: @electionsuz
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 12.58K
Kanalning ta’rifi

Facebook: https://facebook.com/uzelections
Instagram: https://instagram.com/electionsuz/
Twitter: https://twitter.com/electionsuz
YouTube: https://www.youtube.com/Markaziysaylovkomissiyasi
www.saylov.uz

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-11 16:19:08
Markaziy saylov komissiyasi Raisi saylov demokratiyasi masalalariga bagʻishlangan Osiyo mintaqaviy forumida ishtirok etdi

Bugun Hindiston Saylov komissiyasi tomonidan virtual platformada “Saylovlarda inklyuzivlik, qulaylik va ishtirokni taʼminlash” mavzusida Osiyo mintaqaviy forumi tashkil etildi. Ikki sessiyada davom etgan forumda saylovlarni boshqarish organlari vakillari hamda yetakchi xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Batafsil: https://saylov.uz/oz/news/2022/08/11/markaziy-saylov-komissiyasi-raisi-saylov-demokratiyasi-masalalariga-bagishlangan-osiyo-mintaqaviy-forumida-ishtirok-etdi

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
1.8K views13:19
Ochish/sharhlash
2022-08-04 14:24:45 AQSH Senati uchun saylov

2022-yilning 8-noyabrida AQSHda saylovlar bo'lib o'tadi. Ushbu saylovda AQSH vakillar palatasi (House of Representatives)ning 435 o'rni uchun, Senatning 35 o'rni, hudud gubernatorligi va mahalliy kengash deputatligi uchun kurash hozirdan boshlangan.

AQSH Senatida 100 ta o'rin bor. Bu o'rinlar har 2 yilda 33-33-34 shaklda saylanadi. Ya'ni 33 ta o'rin uchun senatorlar har 2 yilda yangitdan saylanadi. Senat o'rni uchun saylov respublikachilar va demokratlar o'rtasida keskin kurashlarga sabab bo'ladi. G'olib partiyaning prezident saylovida ham g'alaba qozonish ehtimoli yuqori.

Senat vakolat muddati 6 yil. Oxirgi marta to'liq tarkibda Senat saylovi 2016-yilda o'tkazilgan.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
2.2K views11:24
Ochish/sharhlash
2022-08-04 12:00:19
#atamalar_izohi

Saylov jarayonlariga oid atamalar izohi

Partiya – (lot. pars, partis – qism, guruh) – muayyan ijtimoiy qatlam yoki guruh manfaatlarini ifodalovchi, siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi tashkilot.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
2.2K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-08-02 10:04:20 Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi

Bolgariya Prezidenti Rumen Radev parlamentni tarqatib yubordi. Shuningdek prezident yangi chaqiriq uchun navbatdan tashqari saylovlar kunini 2-oktabrga belgiladi.

Hukumat rahbari Kiril Petkov o'z kabinetini shakllantirishda parlament bilan kelisha olmagach, xalq vakillari hukumatga ishonchsizlik votumi e'lon qildi. Natijada prezident Rumen Radev vakillik palatasini tarqatib yuborish to'g'risida qaror qabul qildi.

Prezident Rumen Radev shuningdek saylovga qadar muvaqqat hukumatga Gilib Donevni rahbar etib tayinladi. Gilib Donev bu vaqtga qadar Bolgariya prezidenti administratsiyasi kotibi lavozimida ishlagan.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
1.8K views07:04
Ochish/sharhlash
2022-07-29 09:27:27
#atamalar_izohi

Saylov jarayonlariga oid atamalar izohi

Koʻp partiyaviylik – mamlakat parlamentida koʻp oʻrinni olish uchun teng imkoniyatga ega bir necha siyosiy partiyalar mavjud boʻlgan siyosiy tizim.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
2.6K views06:27
Ochish/sharhlash
2022-07-25 10:49:57 Britaniya yangi Bosh vazirni saylamoqda

Britaniya parlamentida "torilar" (Konvervativ) partiyasi 358 o'ringa ega. Qonunchilikka ko'ra, parlamentda hukmron partiya Bosh vazir nomzodini ko'rsatadi.

Britaniyada hali parlament saylovi o'tkazilmaydi. Keyingi parlament saylovi 2025-yil o'tkazilishi belgilangan. Shunga ko'ra amaldagi hukmron partiya Boris Jonson o'rniga, yangi nomzodni taqdim etmoqda.

Partiyaning nomzod ko'rsatish saylovi final bosqichga yetdi. Finalga ikki nomzod Rishi Sunak hamda Liz Trass chiqdi. Finalda g'olibni konservativ partiyaning oddiy a'zolari aniqlashadi. Partiya bileti bor britaniyaliklarga byulleten jo'natiladi, ular byulletenni to'ldirib qaytarib jo'natishadi.

G'olib 5-sentabr kuni aniqlanadi. Boris Jonson qirolichaga iste'fosi haqida ma'lum qilib, yangi Bosh vazirni tanishtiradi.

Foto: JONATHAN HORDLE/ITV

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
2.4K views07:49
Ochish/sharhlash
2021-12-16 09:45:08
Инсон қадри устувор бўлган жамиятга хос юксак маънавиятнинг амалдаги ифодаси

Ўзбекистон тарихида фуқароларнинг сайлов ҳуқуқини амалда тўла таъминлаш, миллий сайлов қонунчилиги ва халқаро сайлов андозаларини тарғиб қилиш, ўрганиш ва ўргатиш ҳеч қачон сўнгги йиллардагидек кенг кўлам касб этмаган.

Батафсил: https://saylov.uz/uz/news/2021/12/16/inson-qadri-ustuvor-bolgan-jamiyatga-khos-yuksak-manaviyatning-amaldagi-ifodasi

Обуна бўлинг:
Телеграм - Фейсбук - Инстаграм - You Tube - Twitter - Ok.ru - Портал
1.7K views06:45
Ochish/sharhlash
2021-12-15 15:10:23
Ҳамдўстлик мамлакатлари сайлов органлари ўртасидаги ҳамкорлик янада мустаҳкамланмоқда

Мустақил давлатлар ҳамдўстлигига аъзо давлатларнинг сайлов органлари раҳбарларининг Маслаҳат кенгашини шакллантириш бўйича эксперт гуруҳининг навбатдаги йиғилиши видеоконференц алоқа орқали бўлиб ўтди.

Батафсил: https://saylov.uz/uz/news/2021/12/15/hamdostlik-mamlakatlari-saylov-organlari-ortasidagi-hamkorlik-yanada-mustahkamlanmoqda

Обуна бўлинг:
Телеграм - Фейсбук - Инстаграм - You Tube - Twitter - Ok.ru - Портал
2.2K views12:10
Ochish/sharhlash
2021-12-15 14:09:43
Сайлов жараёнининг очиқлигини таъминлашда замонавий ахборот технологияларининг ўрни

Айни пайтда, СЯЭРни шакллантириш натижасида 21 266 011 нафар сайловчидан иборат сайловчилар рўйхати СЖБАТга юкланди ва 10761 та сайлов участкаларга тақсимланди. Чет элдаги дипломатик ваколатхоналар ва муассасаларда ташкил этилган сайлов участкаларининг сайловчилар рўйхатларига жами 299 780 нафар сайловчилар киритилди.

Изоҳ: Мақолада хориждаги ҳамда юртимиздаги сайловчиларнинг умумий сони келтирилмоқда

Батафсил: https://saylov.uz/uz/news/2021/12/15/saylov-jarayonining-ochiqligini-taminlashda-zamonaviy-akhborot-tekhnologiyalarining-orni

Обуна бўлинг:
Телеграм - Фейсбук - Инстаграм - You Tube - Twitter - Ok.ru - Портал
2.0K viewsedited  11:09
Ochish/sharhlash
2021-12-13 09:07:39
Сиёсий партия қандай ташкилот?

Сиёсий партия муайян ижтимоий гуруҳлар манфаатларини ифодаловчи, уларнинг энг фаол вакилларини бирлаштирувчи сиёсий ташкилот.
«Партия» сўзи лотинча «part» сўзидан келиб чиққан бўлиб, «иш», «қисм» деган маъноларни англатади.

Сиёсий партия — фуқароларнинг энг фаол, муштарак мафкура асосида боғланган, давлат ҳокимиятини қўлга киритиш, уни сақлаб қолиш ва амалга оширишга интилувчи қисми, ихтиёрий иттифоқи.

Батафсил: https://saylov.uz/uz/news/2021/12/13/siyosiy-partiya-qanday-tashkilot

Обуна бўлинг:
Телеграм - Фейсбук - Инстаграм - You Tube - Twitter - Ok.ru - Портал
2.8K views06:07
Ochish/sharhlash