Get Mystery Box with random crypto!

Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi Bolgariya Prezidenti | Markaziy saylov komissiyasi

Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi

Bolgariya Prezidenti Rumen Radev parlamentni tarqatib yubordi. Shuningdek prezident yangi chaqiriq uchun navbatdan tashqari saylovlar kunini 2-oktabrga belgiladi.

Hukumat rahbari Kiril Petkov o'z kabinetini shakllantirishda parlament bilan kelisha olmagach, xalq vakillari hukumatga ishonchsizlik votumi e'lon qildi. Natijada prezident Rumen Radev vakillik palatasini tarqatib yuborish to'g'risida qaror qabul qildi.

Prezident Rumen Radev shuningdek saylovga qadar muvaqqat hukumatga Gilib Donevni rahbar etib tayinladi. Gilib Donev bu vaqtga qadar Bolgariya prezidenti administratsiyasi kotibi lavozimida ishlagan.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube