Get Mystery Box with random crypto!

Britaniya yangi Bosh vazirni saylamoqda Britaniya parlamentid | Markaziy saylov komissiyasi

Britaniya yangi Bosh vazirni saylamoqda

Britaniya parlamentida "torilar" (Konvervativ) partiyasi 358 o'ringa ega. Qonunchilikka ko'ra, parlamentda hukmron partiya Bosh vazir nomzodini ko'rsatadi.

Britaniyada hali parlament saylovi o'tkazilmaydi. Keyingi parlament saylovi 2025-yil o'tkazilishi belgilangan. Shunga ko'ra amaldagi hukmron partiya Boris Jonson o'rniga, yangi nomzodni taqdim etmoqda.

Partiyaning nomzod ko'rsatish saylovi final bosqichga yetdi. Finalga ikki nomzod Rishi Sunak hamda Liz Trass chiqdi. Finalda g'olibni konservativ partiyaning oddiy a'zolari aniqlashadi. Partiya bileti bor britaniyaliklarga byulleten jo'natiladi, ular byulletenni to'ldirib qaytarib jo'natishadi.

G'olib 5-sentabr kuni aniqlanadi. Boris Jonson qirolichaga iste'fosi haqida ma'lum qilib, yangi Bosh vazirni tanishtiradi.

Foto: JONATHAN HORDLE/ITV

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube