Get Mystery Box with random crypto!

Agar oʻquvchingiz darsga yigirma minut kechikib kelsa qanday y | IT taʼlim

Agar oʻquvchingiz darsga yigirma minut kechikib kelsa qanday yoʻl tutasiz?

Gruzin pedagogi Shalva Aleksandrovich Amonashvili darsga kechikib kelgan oʻquvchilariga qarab: “Bolajonim keldingmi, darsga kir, toʻgʻrisini aytsam sensiz darsni boshlashim qiyin boʻlib turgandi. Kelganing yaxshi boʻlibdi”,- der ekan.

Oʻquvchi necha bor kechiksa ham ulugʻ gruzin muallimi bolani urushmas, unga psixologik yoʻl bilangina taʼsir qilarkan. Oʻquvchilar ham uning darslariga kechikmaslikka harakat qilar ekanlar. Shalva Aleksandrovich Amonashvili pedagogikada inson shaxsiyatini gumanizm uslubiyati bilan tarbiyalash konsepsiyani yaratgan edi.

Eng qizigʻi Shalva Aleksandrovichning oʻzi maktab davrida namunali oʻquvchilar sirasiga kirmagan, lekin Ona tili va adabiyot fan oʻqituvchisining pedagogik mahorati tufayli u maktabni aʼlo bahoga tamomladi.

Hurmatli oʻqituvchi, Siz kech qolgan oʻquvchingizni tarbiyalashda qanday usullardan foydalangansiz? Oʻz tajribangiz bilan oʻrtoqlashing.

Kanalga obuna bo'lish:

Telegram