Get Mystery Box with random crypto!

IT taʼlim

Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim I
Kanaldagi mavzular:
Ит
Mirziyoyev
Taqdimot
Yoshlar
Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim
Kanaldagi mavzular:
Ит
Mirziyoyev
Taqdimot
Yoshlar
Kanal manzili: @edurtm_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 26.29K
Kanalning ta’rifi

RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


jasurbek20091112
jasurbek20091112

Zo‘r


Oxirgi xabar 78

2021-12-05 09:00:26 Miyani quvvatlantirish uchun foydali mashgʻulotlar

Ilmiy izlanishlar inson miyasi va ruhiyati uchun foydali faoliyat turlari, vaqtdan salomatlikni tiklashda unumli foydalanish usullari haqida aniq-tiniq maʼlumot bermoqda.

Siz ham boʻsh vaqtingizda quyidagi amallarga odatlaning.

Video oʻyinlar oʻynash
Video oʻyinni koʻpi zarar. Buni avvalboshdanoq aytib qoʻyish joiz. Video oʻyinlarni oʻynash chogʻida miyadagi nevrologik jarayonlarda yaxshilanish kuzatiladi. Buning barchasi xursandchilik, ishqibozlik tufayli ajralib chiqadigan adrenalin moddasi bilan bogʻliq. Shu bilan birga, ruhiyatda “diqqatni yoʻnaltirish” holati mavjud. Bu jarayon ham miya faoliyati uchun foydali. Diqqatni biror harakatga qaratish miya muskullariga dam beradi. Vaqt oʻtishi bilan diqqatni jamlay olmaslik mulohaza qilish, xotira bilan bogʻliq xastaliklarni keltirib chiqaradi.

Mutolaa va televizor tomosha qilish
Mutolaa qilayotgan odam uchun tashqi taʼsirlar ahamiyatini yoʻqotadi: uning kitob olamidagi sayohati yosh bolaning chinqirayotgani, koʻcha shovqini, mashinalar ovozi, texnika ovozidan ustun keladi. Insonning uzoq umr koʻrishi uning miya faoliyati bilan ham aniqrogʻi miyaning ruhni boshqarishi, bilim doirasining kengligi bilan bogʻliq. Inson mutolaa qilib fikr qilgani, uning idroki ishlagani sayin miya faoliyati ham yaxshilanadi.

Sport bilan shugʻullanish
Sportning deyarli barcha turi bizning ruhiyatimiz uchun shifobaxshdir. Misol uchun, ruhshunoslar tennis bilan shugʻullanish tushkunlik simptomlariga qarshi kurashishini koʻp aytishadi. Inson miyasi raqobatga kirishishni, musobaqada ishtirok etishni yaxshi koʻradi. Аgar uyda, tushkun va zerikkan holatda oʻtirgan boʻlsangiz, tushkunlik signallari sizning miyangizning limbik tizimi, yaʼni his-tuygʻularni boshqaruvchi qismiga taʼsir qiladi va xursandchilik, quvvatni soʻradi. Sport ham, ish faoliyati ham inson miyasini bu salbiy taʼsirlardan himoya qiladi.

Sayr qilish
Soʻnggi yillarda atrof-muhit ruhiyati degan tushuncha paydo boʻldi. Yaʼni, tabiat, yashillik, togʻlar ham inson miyasi, ruhini tinchlantiruvchi muhim omillar ekani ilmda isbotini topdi. Misol uchun, tabiat qoʻynida boʻlish inson miyasidagi salbiy rejalarni, jinoyatga moyillikni kamaytirar ekan. Аyniqsa, daraxtzorda, oʻrmonda sayr qilish esa qon bosimi faoliyatini yaxshilaydi. 2008 yilda oʻtkazilgan tadqiqotda ikki guruh ishtirok etib, ularning biri shaharda, boshqasi shahardan tashqarida boʻlgan tabiat qoʻynida sayr qilishadi. Natijalardan maʼlum boʻldiki, tabiat qoʻynida sayr qilgan guruhdagilarning ruhiyati koʻproq sogʻlomlashib, bu ularning idrok doirasiga ham ijobiy taʼsir qilgan.Hatto, tabiat manzarasi aks etgan suratlarni tomosha qilish ham tanaga tabiat qoʻynida sayr qilgandek yaxshi taʼsir koʻrsatar ekan.

Yugurish
Bryus Li yugurishni “mashqlar qiroli” deb atagan. U toʻgʻri aytgan ekan. Yuguruvchilar ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan baquvvat boʻladilar. Yugurish asab tolasi va miya toʻqimalarining yuqori darajada rivojlanishiga xizmat qiladi. Maʼlum boʻlishicha yugurish, tosh koʻtarish, yuqori jadallikdagi aerobik mashqlar insonning asab tizimini mustahkamlab, qon aylanishini yaxshilar va miyaning ishlash samaradorligini oshirar ekan.

"Biz g'alaba qozonamiz" kitobidan.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
12.1K views06:00
Ochish/sharhlash
2021-12-04 07:11:36
Janubiy Koreya avtohalokatlar natijasidagi o'lim sonini 59 foizga kamaytira oldi

Xoʻsh, Janubiy Koreya bunday natijaga erishish uchun nima qildi?

Oʻzbekiston ham shunday natijaga erishishi mumkin – xohish va harakat kerak xolos!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
14.7K views04:11
Ochish/sharhlash
2021-12-03 16:07:53
Taʼlim mazmunini yangilashda Vebster bilan hamkorlik oʻrnatildi

Respublika taʼlim markazi Toshkentdagi Vebster universiteti bilan Xalq taʼlimi sohasida oʻzaro hamkorlik memorandum imzoladi.

- Vebster universitetining bugungi kunda 4 ta qitʼada, 8 mamlakatda 100 dan ortiq bo'linmalari bor. Ya'ni, bu ta'limni rivojlantirishda xalqaro miqyosda keng imkoniyatlar degani. Xususan, o'qituvchilar tayyorlash, zamonaviy ta'lim mazmuni, ta'limda yetakchilik, STEAM ta'limi bo'yicha Vebster universitetida katta salohiyat mavjud. Bu orqali dunyo taʼlimida qanday o'zgarishlar bo'layotganini kuzatish va tahlil qilish va O'zbekiston maktablarida bu yutuqlarni tatbiq qilish mumkin. Yangi darsliklarimizni xalqaro standartlar asosida yaratilayotganini baholashda universitetning mazkur imkoniyatlari bizga yordam beradi.

Respublika taʼlim markazi direktori Shuhrat Sattorov.

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
14.1K views13:07
Ochish/sharhlash
2021-12-03 08:14:14
3-dekabr Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni

Respublika ta'lim markazi doim siz bilan!

Raspublika ta'lim markazi 77-sonli koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga tashrif buyurdi. Jarayon davomida maktab erishayotgan yutuqlar va duch kelayotgan muammolar bilan tanishildi hamda markaz ularni har doim qo'lllab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
18.0K viewsedited  05:14
Ochish/sharhlash
2021-12-02 15:31:43
#pedagog_lugati

Gibrid ta'lim

Gibrid ta'lim - bu darsda o'tirish vaqtining ma'lum foizi qisqartirilib, onlayn mashg'ulotlar bilan almashtirilgan darsdir. Ta'limning "gibrid" shakliga o'tilgan holatda, o'quvchilar bilan jonli darslar tashkil qilish davom ettiriliadi. Lekin baholash va o'tilgan mavzu ustida mashqlar bajarish kabi mashg'ulotlarning bir qismi onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ta'kidlash joizki, bunday darslar o'quvchilarning samarali o'qishiga erishish uchun vaqtdan unumli foydalanishga mo'ljallangan. Shuningdek, Zoom ilovasi yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali guruh bilan darsdan tashqari paytdlarda ham ishlash o'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi doimiy aloqani ta'minlaydi. Dars paytida juda muhim bo'lgan ma'lumotlarni berishga ko'proq vaqt qoldiradi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
18.6K views12:31
Ochish/sharhlash
2021-12-01 19:11:22
Braylga oʻgirilgan “Tarbiya” darsligi haqida: “Men koʻzim ojizligidan xafa boʻlmasligim, aksincha, oʻzimda bor imkoniyatlardan faxrlanishim kerakligini anglab yetdim”

- Tarbiya darsligida oʻqiganlarim orasidan ayniqsa menga Aaron Foteringem ismli nogironlar aravachasida oʻtiradigan sportchi haqidagi matn juda ham yoqdi. Matnda qahramon oʻz muxlislariga qarata: “Agar hayot senga oʻtirishing uchun aravacha bersa, sen unda oʻtiravermasdan u bilan uchishga harakat qil,”- deydi. Men bu matnni oʻqigandan soʻng, men koʻzim ojizligidan xafa boʻlmasligim, aksincha, oʻzimda bor imkoniyatlardan faxrlanishim kerakligini anglab yetdim.

Dildora Abulqosimova, Toshkent shahridagi 77-sonli koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining 4-“A”- sinf oʻquvchisi

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
42.8K viewsedited  16:11
Ochish/sharhlash
2021-12-01 12:14:51
“ORZUYIM – O‘QUVCHILARIM NOBEL OLSIN!”

Manba: “Zamonaviy ustoz” gazetasi
#intervyu

Bugungi kunda jamiyatimizda, xususan, ta’lim tizimidagi kamchiliklar, ona tiliga bo‘lgan befarqlik, yoshlarning, ayniqsa, maktab o‘quvchilari orasida ijtimoiy tarmoqqa qaramlik hisi shakllanayotganligi kabi illatlarning sabab va oqibatlari haqida bolalar yozuvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Saʼdullo QURONOV bilan suhbatlashdik.

Batafsil o'qish uchun shu yerga bosing
16.6K views09:14
Ochish/sharhlash
2021-12-01 07:29:55 Ota-onalar, o'qituvchilar, o'quvchilar uchun foydali maqolalar to'plami

QANDAY QILIB 10/20/70 STRUKTURASI ORQALI MASOFAVIY DARSLAR SIFATINI OSHIRISH MUMKIN?
Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar
Yosh oʻqituvchi ishning birinchi yilida qanday qilib “omon qolishi” mumkin?
Farzandi birinchi sinfga borayotgan ota-onalar uchun qoidalar
OʻQITUVCHI HECH QACHON BULARNI AYTMASLIGI KERAK
BOLA YAXSHI OʻQISHI UCHUN QANDAY YORDAM BERISH KERAK?
MUSTAQIL TAʼLIM OLISH BOʻYICHA TAVSIYALAR
Yaxshi muallim - yaxshi maktab
USHBU MAQOLA ORQALI OʻZINGIZNI QIZIQTIRGAN QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB OLISHINGIZ MUMKIN
Agar bola soʻkinsa...
Jahongir Pulatovning ustozi kim?
QIZIQARLI DARS UCHUN LAYFXAKLAR
NEMISLAR BOLALARINI QANDAY TARBIYALASHADI?
Bolalar va oʻsmirlar qanday koʻnikmalarga muhtoj?
Bolaning sport kelajagi borligini anglatuvchi 5 ta belgi
Interaktiv darsliklar bozori 2026-yilgacha keskin oʻsib boradi
Oʻquvchiga internetdan maʼlumot qidirishni oʻrgatamiz
Variativ sinf oʻquvchilarning qanchasi oliygohga kirdi?
“Ikudzi” falsafasi
Akmal Payziyevning ustozi kim?
POWER POINT DASTURIDA ANIMATSION SLAYD QANDAY YARATILADI?
Yangi davr adabiyoti qanday boʻlishi kerak?
Yomon baholardan qoʻrqish: uni qanday tuzatish kerak?
Bola kitobni oʻqishni xohlamayapti: asosiy sabablari nimada?
OCHIQ DARS: KENG TARQALGAN XATOLAR
Ochiq darsdagi xatolardan qanday saqlanish kerak?
Stereotip taʼlimdan voz kechiladi
Ertalab farzandingizni toʻsatdan uygʻotmang!
Sinfda intizomni saqlash uchun layfxaklar
Oʻquvchilar uchun qiziqarli layfxaklar
Qanday qilib maktabda aʼlochi boʻlish mumkin?
Darsliklardagi oʻlchov birliklari xalqaro standartlarga muvofiq belgilanadi
Daftar tekshirishda vaqtni tejaymiz
2025 yilda talab eng yuqori bo'ladigan bilim va ko`nikmalar o'ntaligi
DARSLARNI QANDAY SAMARALI OʻTKAZISH KERAK?
SINF RAHBARIGA AYTAR SOʻZIMIZ BOR
Maktab hayoti bilan bogʻliq qiziqarli faktlar
Til o'rgatishdagi samarali bo'lgan "Language shower" metodikasi haqida bilasizmi?
Gadjetlarning bola rivojlanishiga ta`siri
Kimyo darsida qanday onlayn virtual laboratoriyalardan foydalanish mumkin?
“21 - asr koʻnikmalari” nima? Zamonaviy darsliklar qanday boʻlishi kerak?
Farzandingizning qobiliyatlaridan koʻra mehnatlarini koʻproq qadrlang!
Yaxshi ustoz o'quvchilarini yodlashga emas, fikrlashga undaydi!
Fan nomi qanday yoziladi?
Internet, kutubxona va quyosh energiyasiga ega qayiq maktablari haqida eshitganmisiz?
Yaponiyada o'quvchi uchinchi sinfgacha imtihon qilinmaydi
COVID-19 ta'limni o'zgartirdi - Sizga pandemiya davrida kirib kelgan 5 ta yangilikni taqdim etamiz
Onlayn darslar uchun tavsiyalar
Ta'lim texnologiyalaridan namunalar

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
31.5K views04:29
Ochish/sharhlash
2021-11-30 14:08:51
8-dekabr — bosh qomusimiz qabul qilingan kunligi munosbati bilan ijtimoiy fanlardan onlayn olimpiada!

Respublika ta'lim markazi, Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida navbatdagi olimpiada!

Olimpiada 8-dekabr kuni soat 12:00 dan 23:00 gacha www.khiso.uz saytida o'qituvchilar, 1-2, 3‐4- sinflar uchun Bilag'on; 5‐11-sinflar uchun Tarix; 8-9, 10-11-sinf o‘quvchilari uchun Huquq fanlaridan onlayn olimpiada o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdan o‘tish @khiso_uz_bot orqali amalga oshiriladi.

Olimpiada ishtirok etish mutlaqo bepul!

Olimpiadaning barcha ishtirokchilari sertifikat bilan taqdirlanadi.

G‘oliblar esa:

O‘quvchilar kitoblar jamlanmasi bilan.

O‘qituvchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin:
Elektr choynak (termopot)
2-o‘rin: Simsiz klaviatura va sichqoncha to‘plami
3-o‘rin: Power bank

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishing.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
40.7K viewsedited  11:08
Ochish/sharhlash
2021-11-30 08:48:20
MDH davlatlari o'rtasida o'tkazilgan forumda Respublika ta'lim markazi mutaxassisi 1-darajali diplom bilan taqdirlandi

Rus tilini o'qitishda, eng avvalo, hayotiy ko'nikmalarni shakllantirishga e'tibor qaratish kerakligini ilgari surgan markaz Filologiya bo'limi boshlig'i Barno Tursunaliyevaning fikrlari forum ishtirokchilarida qiziqish uyg'otdi.

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
19.9K views05:48
Ochish/sharhlash