Get Mystery Box with random crypto!

IT taʼlim

Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim I
Kanaldagi mavzular:
Ит
Mirziyoyev
Taqdimot
Yoshlar
Telegram kanalining logotibi edurtm_uz — IT taʼlim
Kanaldagi mavzular:
Ит
Mirziyoyev
Taqdimot
Yoshlar
Kanal manzili: @edurtm_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 26.29K
Kanalning ta’rifi

RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


jasurbek20091112
jasurbek20091112

Zo‘r


Oxirgi xabar 77

2021-12-09 06:36:28
#Diqqat_tanlov
Biz bilan “Galaktika boʻylab sayohat” qiling!

Ilmiy-fantastika janrida yozilgan asarlarni ommalashtirish hamda yosh avlodning ilm-fanga qiziqishini oshirish maqsadida Respublika taʼlim markazi 2021-yilning 10-dekabr sanasidan 2022-yilning 13-yanvariga qadar “Galaktika boʻylab sayohat” tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlov shartlari:
Saʼdullo Quronovning “Galaktikada bir kun” asarini oʻqib chiqing (Kitobni audio variantini tinglash);
11-12- yanvar kunlari khiso.uz sayti orqali oʻtkaziladigan “Galaktikada bir kun” asari asosida tuzilgan test sinovida ishtirok eting.

Tanlov nizomi

Sovg'alar:
Planshet;
“Akademnashr” nashriyotidan kitoblar toʻplami;
Saʼdullo Quronovning “Koinot javohiri” nomli yangi ilmiy-fantastik kitobi.

2021-yilning 31- dekabriga qadar @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻting.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
48.3K views03:36
Ochish/sharhlash
2021-12-08 21:22:52 Ijtimoiy fanlar olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi!

Bugun bo‘lib o‘tgan olimpiadalarda jami 11.565 ta qatnashuvchilar ishtirok etishdi. Natijalarni quyidagi havolalar orqali bilib olishingiz mumkin:

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun BILAG‘ON integratsion olimpiasida:

1-2 sinf (570 ta)
3-4 sinf (954 ta)

Tarix fanidan olimpiadalarda:

5-sinf (701 ta)
6-sinf (875 ta)
7-sinf (737 ta)
8-sinf (1173 ta)
9-sinf (960 ta)
10-sinf (726 ta)
11-sinf (650 ta)

Huquq fanidan olimpiadalarda:

8-9 sinf (1211 ta)
10-11 sinf (752 ta)

O‘qituvchilar (2074 ta)
Talabalar (182 ta)

Natijalar tahlil qilingach sovg‘alar va kitoblar egalari ertaga batafsil e'lon qilinadi.

Barcha ishtirokchilar sertifikatlarini oʻz shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin. Sertifikatni yuklab olish boʻyicha video qoʻllanma:



Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
3.4K viewsedited  18:22
Ochish/sharhlash
2021-12-08 15:52:47 Ijtimoiy fanlar bo‘yicha onlayn olimpiadasi davom etmoqda!

Olimpiada uchun @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻting!

Olimpiada 23:00 ga qadar davom etadi.

Bepul olimpiadada ishtirok eting va bilimingiz orqali sovgʻalarni yutib oling.

Iltimos, yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing: t.me/khiso/3072

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz. Soat 23:00 dan so‘ng sertifikatlarini oʻz shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin.
11.4K viewsedited  12:52
Ochish/sharhlash
2021-12-08 09:25:09
Katta va kichik oʻzgarishlarning muallifi — xalq, kafolati — Konstitutsiya!

Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlimi markazi direktori Shuhrat Sattorovning 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan bayram tabrigi.





Kanalga obuna bo`lish:
Telegram|Facebook|Instagram
14.4K views06:25
Ochish/sharhlash
2021-12-08 07:00:13
Bayramingiz muborak boʻlsin!

Jamiyat sifatida erishgan barcha yutuqlarimizning poydevori, suverenitetimiz belgisi, erkin, osoyishta va farovon yashashning qonuniy kafolati boʻlgan Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 29 yilligi bilan!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
19.1K viewsedited  04:00
Ochish/sharhlash
2021-12-07 13:28:46
17.3K viewsedited  10:28
Ochish/sharhlash
2021-12-07 09:52:08
Toshkent Fotosuratlar uyida Zamin xalqaro jamoat fondi va UNICEF tashabbusi bilan boshlangan TO‘SIQLAR axborot kompaniyasi doirasida badiiy ko‘rgazma ochildi.

Ushbu kompaniyaning asosiy g’oyasi shundan iboratki, nogironligi bo’lgan insonlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha huquqlarga asoslangan va yoshiga mos bo’lgan ijtimoiy xizmatlar ular hayotidagi to‘siqlarni bartaraf etishga yordam beradi.

Postdagi fotosuratlar nogironligi bor insonlar tomonidan olingan.

Ko‘rgazma 10-dekabrga qadar davom etadi. Ish vaqti: har kuni 10:00 dan – 17:00 gacha (dushanba va 8 dekabrdan tashqari).

Manzil: Istiqbol ko’chasi, 4 (Mirobod tumani), diqqatga sazovor joyi: Amir Temur maydoni, Kurantlar.

Kirish bepul.

#Tosiqlarsiz #BizTurlimizBizTengmiz #NoBarriers #WeAreDifferentWeAreEqual #БезБарьеров #МыРазныеМыРавные #Zamin #UNICEF
10.0K views06:52
Ochish/sharhlash
2021-12-07 08:09:18
13.1K views05:09
Ochish/sharhlash
2021-12-06 14:35:48
8-dekabr — bosh qomusimiz qabul qilingan kunligi munosabati bilan ijtimoiy fanlardan onlayn olimpiada!

Respublika ta'lim markazi, Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida navbatdagi olimpiada!

Olimpiada 8-dekabr kuni soat 12:00 dan 23:00 gacha www.khiso.uz saytida o'qituvchilar, 1-2, 3‐4- sinflar uchun Bilag'on; 5‐11-sinflar uchun Tarix; 8-9, 10-11-sinf o‘quvchilari uchun Huquq fanlaridan onlayn olimpiada o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdan o‘tish @khiso_uz_bot orqali amalga oshiriladi.

Olimpiada ishtirok etish mutlaqo bepul!

Olimpiadaning barcha ishtirokchilari sertifikat bilan taqdirlanadi.

G‘oliblar esa:

O‘quvchilar kitoblar jamlanmasi bilan.

O‘qituvchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin:
Elektr choynak (termopot)
2-o‘rin: Simsiz klaviatura va sichqoncha to‘plami
3-o‘rin: Power bank

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishing.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
50.7K viewsedited  11:35
Ochish/sharhlash
2021-12-06 07:58:59
#pedagog_tajribasidan
“O’zimni tekshiraman" — rasmli diktant

1-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida foydalanish uchun mo'ljallangan bu metodda o’quvchilar berilgan rasmlar nomini topib yozadilar va tekshiradilar. Bunda har bir o’quvchi uchun har xil rasmlar beriladi. O'quvchilardan tarqatmaga qalam bilan yozishlarini so'rasangiz, yozuvlarni o'chirishingiz va vositadan qayta-qayta foydalanishingiz mumkin.

O'z-o'zini tekshirish o'quvchilarni so'zlarning yozilishini eslab qolishga va xatolarini takrorlamaslikka rag'batlantiradi.

Metod muallifi: Guliston shahridagi 8-umumta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Nasiba Pardayeva.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
11.2K views04:58
Ochish/sharhlash