Get Mystery Box with random crypto!

ILM NURI🌙

Telegram kanalining logotibi dunyo_hayoti_9 — ILM NURI🌙 I
Telegram kanalining logotibi dunyo_hayoti_9 — ILM NURI🌙
Kanal manzili: @dunyo_hayoti_9
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.48K
Kanalning ta’rifi

Бу ердаги постлар қисқа бўлса-да, кўп маъно ва қийматга эга.
Ўзим ўқиган энг яхши сатрлар сизлар учун.
Мурожаат учун: @yetti_xazinam
Реклама бўйича - t.me/rekl_ama1

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-19 18:20:09
Agar u duolari mustajob boʻlmagani uchun Jannatda unga nelar tayyorlab qoʻyilganini bilsa edi, aslo mahzun boʻlmasdi.

t.me/dunyo_hayoti_9
8.4K views15:20
Ochish/sharhlash
2022-08-17 17:40:53
Dunyo sizni aldamadi, siz dunyoga aldandingiz.

Hz. Ali roziyallohu anhu

t.me/dunyo_hayoti_9
9.6K views14:40
Ochish/sharhlash
2022-08-14 18:19:32 Muammo jasadimda emas, qalbimdadir. 2-qism

4. Dunyo habarlarini, turli mish-mishlarni bilish uchun soatlab oʻtiraman. Yarim soat oʻtirib Qurʼon oʻqishga, zikr aytishga toqatim boʻlmaydi. Muammo aslo jasadda emas, yurakda.

5. Oʻqishdalik kezlarim imtihonga tayyorgarlik qilib, muvaffaqiyat bilan oʻtish uchun yoʻlda ketayotganimni ham unutib qoʻygudek dars tayyorlardim. Ammo haqiqiy Imtihon uchun butun umrim ham qisqalik qilib qoldi. Muammo qalbda azizlar, jasadda emas.

6. Keksa oqsoqollar taroveh tugagunga qadar yigirma rakʼat oyoqlarida tik turishadi. Yosh boʻlsamda, oʻninchi rakʼatidan keyin erinib qolar edim. Demak, muammo jasadda emas, qalbda ekan.

Izoh: Alloh taolo bizning toqatimizdan oshigʻini bizga yuklamas ekan, ana oʻshalarga ham shikoyat qilsak, bilaylikki, muammomiz qalbimizda ekan. Gunohlar, hayot lazzatlariga berilish, oʻlimni unutish kabilar qalbimizni zaif qilib oʻzimizni halokatga yetaklamoqda.

t.me/dunyo_hayoti_9
11.6K views15:19
Ochish/sharhlash
2022-08-13 10:25:21 Muammo jasadimda emas, qalbimdadir.

1. Bir necha soatlab ishlashni jasadim koʻtaradi. Namozda turishga kelganda eng kichik suralarni tanlab oʻqiyman. Muammo jasadimda emas, qalbimdadir.

2. Necha bora arzimagan narsalar bilan tunni tonga ulaganman. Oʻshanda tahajjudga turishim, ikki rakʼat boʻlsa-da namoz oʻqishim mumkin edi. Ha...Muammo yurakda, jasadda emas.

3. Farzanlarni oʻqishga oʻz vaqtida borishlariga shunchalik harisman-ki, ular toʻqqiz yil mobaynida hech qachon maktabga uxlab qolmadilar.

Lekin ularni bomdod namoziga uygʻotishda muvaffaqiyatsizman. Hatto, goho oʻzim ham tura olmayman. Dunyo ishlariga barvaqt turib ibodatim uchun tura olmasligimni koʻrib bildimki – muammo jasadda emas, qalbda ekan.

t.me/dunyo_hayoti_9
11.7K views07:25
Ochish/sharhlash
2022-08-11 19:14:10
- Naqadar go'zal-a?
- Nima?
- Kimningdur duolarida yashamoq.

t.me/dunyo_hayoti_9
8.6K views16:14
Ochish/sharhlash
2022-08-11 10:24:31 Shifokorning xatosi yer ostiga koʻmadi. Muhandisning xatosi yerga qulatadi. Lekin oʻqituvchining xatosi yer yuzida yuradi!

t.me/dunyo_hayoti_9
9.0K views07:24
Ochish/sharhlash
2022-08-10 19:06:37
Boshimizga bir dard kelmagunicha Allohga yoʻnalmaginimiz uchun, boshimizga turli xil dardlar kelmoqda.

Mehmet Yildiz

t.me/dunyo_hayoti_9
8.3K views16:06
Ochish/sharhlash
2022-08-08 21:18:05
Uni unutma!
Chunki U seni hech qachon unutmadi!
Har kimdan, har narsadanda senga yaqinroq U.
Yolgʻiz Uning Oʻzi suyanch, Uning Oʻzi bizga yupanch va yolgʻiz Oʻzigina har ishimizda madadkor.

Manzilda adashma!
Qiynalyapsanmi boshingni sajdaga qoʻy.
Hursandmisan shukr keltir.
Sen hohlaganing boʻlmayaptimi?! Aniq ishonginki Uning huzuridagi narsa sen istaganingdan ming chandoq aʼlo.

Barcha dardga malham Unga yuzlanishda.

t.me/dunyo_hayoti_9
9.4K views18:18
Ochish/sharhlash
2022-08-07 17:55:14
"Yoqtirish" bilan "sevish" orasida farq bor: agar bogʻda bir gulni yoqtirib qolsangiz, uni uzib olasiz, agar sevib qolsangiz, uni har kuni sugʻorib, parvarishlab turasiz.

Ayman Yogʻiy

t.me/dunyo_hayoti_9
9.8K views14:55
Ochish/sharhlash
2022-08-05 17:31:27
Gunohga qoʻl urishdan oldin uch oyatni yodga oling:
- "Alloh uni ko‘rib turishini bilmasmi?"
(Alaq surasi, 14 - oyat).

- "Robbisining maqomidan qoʻrqqanga ikki jannat bordir"
(Rohman surasi, 46 - oyat).

- "Kim Allohga taqvo qilsa, unga (muammosidan) chiqadigan yoʻl qilur"
(Taloq surasi, 2 - oyat).

t.me/dunyo_hayoti_9
11.0K views14:31
Ochish/sharhlash