Get Mystery Box with random crypto!

ILM NURI🌙

Telegram kanalining logotibi dunyo_hayoti_9 — ILM NURI🌙 I
Telegram kanalining logotibi dunyo_hayoti_9 — ILM NURI🌙
Kanal manzili: @dunyo_hayoti_9
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.48K
Kanalning ta’rifi

Бу ердаги постлар қисқа бўлса-да, кўп маъно ва қийматга эга.
Ўзим ўқиган энг яхши сатрлар сизлар учун.
Мурожаат учун: @yetti_xazinam
Реклама бўйича - t.me/rekl_ama1

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-03 15:34:40
Agar koʻnglingda orzu qilganing juda katta koʻrinib ketsa, ushbu oyatni takrorla. Koinotni va undagi narsalarni yoʻqdan bor qilgan Zot sening tasavvuringga keltirgan narsani hozir qilishdan ojiz emas.

Bu (ish) Alloh uchun qiyin emasdir. Ibrohim surasi, 20-oyat.

t.me/dunyo_hayoti_9
10.1K views12:34
Ochish/sharhlash
2022-07-09 21:14:03
#Kutishni_bas_qil...

Kutma, nimani kutasan...?
Nega kutasan...?
Nima sababdan o'zingni qiynashing kerak...?

Qachon shu bandalardan kutganchalik Alloh'dan uning marhamatini va kechirishini kutasan...?

Ayt qachon...?

Hayoting osonlashishini istasang, bandalardan hech nima kutma...!
Tahorat olginda, ikki rakat nomozingni o'qib olib, qalbingni bandalardan soqit qil...!

t.me/Dunyo_hayoti_9
851 views18:14
Ochish/sharhlash
2022-07-08 10:42:47
Arofat tog‘i:

Bu video heartmacca sahifasidan olindi
.

t.me/dunyo_hayoti_9
3.3K views07:42
Ochish/sharhlash
2022-07-08 09:13:07
Men:

Bu hayotdan charchab ketdim...

Qur’onim:

Hoy meni olib o’qi.
Alloh senga yordam beradi.


Hayotda ko’p qiyinchiliklarga duch kelaman.

Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning yo’lini ochib qo’yur. [65:2]

Orzularim ro'yobga chiqishini istayman.

“Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman”
[40:60]

Ammo, mening gunohlarim juda ko'p.

Allohdan boshqa gunohlarni kim mag’firat qila oladi?
[3:135]

Iltimos meni tark etma.

Bas, meni eslangiz, sizni eslayman.
[2:152]

t.me/dunyo_hayoti_9
3.1K views06:13
Ochish/sharhlash
2022-07-05 19:37:10
Allohim, sen mening Robbimsan, men esa Sening bandang.
Sen mening Egamsan, men esa Sening quling.
Sen Yaratuvchisan, men esa yaratilganman.
Sen rizq beruvchisan, men esa rizqlantirilgan.
Sen Moliksan, men esa mamluk.
Sen Azizsan, men esa faqir.
Sen tiriksan, men esa mayitda.
Sen Boqiysan, men esa foniy.
Sen G‘ofursan, men esa gunohkor.
Sen Azimsan, men esa faqir.
Sen Mujibsan, men esa duogo‘y.
Sen Shofiysan, men esa hastaman..

t.me/dunyo_hayoti_9
4.7K views16:37
Ochish/sharhlash
2022-07-03 21:26:11
Yaxshi so‘zlar, haqiqiy duolar, sidqidil nidolar, aybsiz ko‘z yoshlar, zorlanishlar Unga ko‘tarilur.
Sahar vaqti ochilgan kaftlar, hojat payti ko‘tarilgan qo‘llar, zulm ko‘rgach, yig‘lagan ko‘zlar, musibat chog‘i so‘ragan qalblar Unga intilur.
Tillar Uning nomi ila so‘zlaydi, yordam so‘raydi, nido qiladi. Qalblar Uning nomi ila hotirjam bo‘ladi, ko‘ngillar taskin topadi, hislar sokin bo‘ladi, asablar tinchlanadi, es-hush o‘ziga keladi, ishonch qaror topadi. "Alloh bandalariga mehribondir"...

t.me/dunyo_hayoti_9
5.7K views18:26
Ochish/sharhlash
2022-07-02 20:30:45
Barchasi sen o‘ylagandek ketmayotganini o‘ylab xafa bo‘larsan...


Lekin, kun keladi, barida Uning hikmati yashirin ekanini, seni bir xavfdan yoki musibatdan, xayrsiz insonlardan, narsalardan asraganini tushunib yetasan.

t.me/dunyo_hayoti_9
5.5K views17:30
Ochish/sharhlash
2022-07-01 20:11:42 Qalbginamga bir boqsangiz, ne bo'lar, Rosululloh?!
Ishq o'tida mani yoqsangiz, ne bo'lar, Rosululloh?!

(Sollallohu alayhi vasallam)

t.me/dunyo_hayoti_9
5.8K viewsedited  17:11
Ochish/sharhlash
2022-06-30 19:59:16
Men oʻqigan eng goʻzal nuqtalar:

– Ortiqcha muloyimlik zaiflikdir..
– Ortiqcha kulgi yengiltaklikdir..
– Ortiqcha rohatlanish tanballikdir..
– Mol-dunyoni ortiqcha sarflash isrofdir..
– Ortiqcha ehtiyotkorlik vasvasadir..
– Eng qiyin soʻz komillikdir..
– Eng goʻzal soʻz «As-Salom»dir..
– Oʻch va qasosning afzali kechirishdir..
– Eng ulkan xazina fazilatdir..
– Eng qattiq azob vijdon azobidir..
– Eng goʻzal sevgi er-xotinning sevgisidir..
– Doimiy muhabbat onaga muhabbatdir..
– Bugungi kuningdan ibrat ol..
– Oʻtgan kuningdan tajriba ol..

«Shuningdek, odamlar ustidan guvoh boʻlishingiz va Paygʻambar sizlarning ustingizdan guvoh boʻlishi uchun sizlarni oʻrta millat qildik».

(Baqara surasi, 143-oyat)

Alloh shunday qadar yozsinki, dunyo va oxiratda sevintirsin...!

t.me/dunyo_hayoti_9
6.8K viewsedited  16:59
Ochish/sharhlash
2022-06-29 19:13:23
Siqilma! Xafalik ibodatdan zaiflashitirib, ilmdan qoldiradi, tushkunlikka olib kiradi, yomon gumonga chorlaydi va umidsizlikka yo'liqtiradi..
Siqilma! Xafalik va bezovtalik ruhiy dardlarning asosi, asab orqali keladigan kasalliklarning manbai hamda parokandalik, vasvasa iztirobning moddasidir!
Siqilma! Axir senda Qur'on, zikr, duo, namoz, sadaqa, yaxshilik, kelgusida samara beruvchi manfaatli ishlar bor!
Siqilma! Bekorchilikdan diqqinafas bo'lma! Kitob o'qi, namoz o'qi, tasbeh ayt, yoz, ishla va fikr yurit!

t.me/dunyo_hayoti_9
6.0K views16:13
Ochish/sharhlash