Get Mystery Box with random crypto!

Muammo jasadimda emas, qalbimdadir. 1. Bir necha soatlab ish | ILM NURI🌙

Muammo jasadimda emas, qalbimdadir.

1. Bir necha soatlab ishlashni jasadim koʻtaradi. Namozda turishga kelganda eng kichik suralarni tanlab oʻqiyman. Muammo jasadimda emas, qalbimdadir.

2. Necha bora arzimagan narsalar bilan tunni tonga ulaganman. Oʻshanda tahajjudga turishim, ikki rakʼat boʻlsa-da namoz oʻqishim mumkin edi. Ha...Muammo yurakda, jasadda emas.

3. Farzanlarni oʻqishga oʻz vaqtida borishlariga shunchalik harisman-ki, ular toʻqqiz yil mobaynida hech qachon maktabga uxlab qolmadilar.

Lekin ularni bomdod namoziga uygʻotishda muvaffaqiyatsizman. Hatto, goho oʻzim ham tura olmayman. Dunyo ishlariga barvaqt turib ibodatim uchun tura olmasligimni koʻrib bildimki – muammo jasadda emas, qalbda ekan.

t.me/dunyo_hayoti_9