Get Mystery Box with random crypto!

​​​​#Qabul2022 #Statistika 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatd | Davlat test markazi

​​​​#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 22-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 1 007 313 nafar.

Shundan:

374 319 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
632 994 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 544 922 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 433 510 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 22 776 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 6 105 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Qashqadaryo viloyati — 115 484 nafar.
Samarqand viloyati — 111 898 nafar.
Toshkent viloyati — 97 586 nafar.
Farg‘ona viloyati — 91 766 nafar.
Surxondaryo viloyati — 85 793 nafar.
Andijon viloyati — 66 517 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 64 987 nafar.
Namangan viloyati — 63 449 nafar.
Jizzax viloyati — 59 325 nafar.
Toshkent shahri — 58 562 nafar.
Buxoro viloyati — 57 487 nafar.
Xorazm viloyati — 53 328 nafar.
Navoiy viloyati — 44 565 nafar.
Sirdaryo viloyati — 36 566 nafar.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi