Get Mystery Box with random crypto!

​​ Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituri | Davlat test markazi

​​ Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar diqqatiga!

Ertaga, 23-iyul kuni barcha hududlarda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanadi.

Imtihonning yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi 23-24-25-iyul kunlari 2 smenada bo‘lib o‘tadi. Bunda

-smena — 08:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 07:00) da;
-smena — 15:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 14:00) da boshlanadi.

Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani (abituriyent qayd varaqasining quyi qismida) yuklab olishlari mumkin.

Abituriyentlar imtihon o‘tkaziladigan hududga imtihon boshlanishidan 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Imtihonga kechikkan yoki kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Batafsil ma'lumot

https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi