Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi #Qabul2022 my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan tel | Davlat test markazi

#Bilasizmi #Qabul2022
my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan yoki parolini unutgan abituriyentlar qanday yo‘l tutishlari lozim?!

my.dtm.uz saytiga kirish uchun parolni unutgan abituriyentlar:

my.dtm.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi mavjud bo‘lib, abituriyentlar mazkur funksiyadan foydalangan holda o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

— — —

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar:

my.dtm.uz saytida “Telefon raqamni almashtirish” funksiyasi mavjud bo‘lib, abituriyentlar mazkur funksiyadan foydalangan holda o‘z telefon raqamlarini yangilashlari mumkin.

— — —

Ham telefon raqamini yo‘qotgan, ham parolini unutgan abituriyentlar:

Mazkur holatda abituriyent shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limlaridan biriga murojaat qilishi mumkin. Bunda Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan abituriyentning telefon raqami o‘zgartirib beriladi.

Shu o‘rinda abituriyentlardan ro‘yxatdan o‘tishda diqqatli bo‘lishlarini va o‘z telefon raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz.

Batafsil ma'lumot

https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi