Get Mystery Box with random crypto!

Super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar 15-sentabrlardan keyin | Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

Super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar 15-sentabrlardan keyin OTMga kelishlari mumkin !

Xorijiy OTMdan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirganlar o‘tish ballini to‘play olmagan bo‘lsa, super-kontrakt bilan o‘qishi mumkin. Faqat OTMlar hozircha boshqa talabalar bilan ishlayapti. Super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar 15-sentabrlardan keyin OTMga borsa bo‘ladi, dedi OO'MTV bosh boshqarma boshlig'i Abduvali Xoliqov.

Mahalliy OTMlararo o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar javoblar to‘la aniq bo‘lmaguncha o‘zi ta’lim olayotgan joyga darsga borib turishi kerak. Javoblar bugun, 6-sentabr kuni soat 16:00dan chiqishni boshlashi kerak
.

Agar talaba O‘zbekistondagi bitta
OTMdan boshqasiga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lsa va u tanlagan yo‘nalishlar bir-biridan farq qilsa, u tabaqalashtirilgan-kontrakt asosida o‘qishni ko‘chirishi mumkin. Yo‘nalish bir xil va keltirilgan sabab asosli bo‘lsa, talabaning o‘qishi odatiy kontrakt asosida ko‘chiriladi


Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU