Get Mystery Box with random crypto!

Tibbiyot oliygohlariga oʻqishni koʻchirishda necha nafar talab | Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

Tibbiyot oliygohlariga oʻqishni koʻchirishda necha nafar talaba oʻtish balini toʻplay olgani maʼlum qilindi

Joriy yil DTMning transfer.dtm.uz sayti orqali xorijdan yoki Oʻzbekistondagi nodavlat OTMlardan Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliygohlariga oʻqishini koʻchirish boʻyicha 6 ming 372 ta ariza kelib tushgan. Bu haqda SSV xabar berdi.

Test natijalariga koʻra:

100,0 ball va undan yuqori ball toʻplagan talabalar 545 nafarni (8,5%);
99,9-56,7 ball toʻplaganlar 2 853 nafarni (44,7%), 56,6 va undan past ball toʻplaganlar esa 2 764 nafarni (43,3%) tashkil etdi.
Ariza topshirganlarning 210 nafari esa turli sabablarga koʻra sinovlarda ishtirok etmadi.

Batafsil
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU