Get Mystery Box with random crypto!

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida isht | Milliy sertifikat

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!

Ma’lumki, 2023-yil 29-yanvar (yakshanba) kuni barcha hududlarda ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladi.

Shu sababli 23-yanvar kuni my.dtm.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga 08:30 dan boshlab shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida kiritiladi va test sinovlari 10:00 da boshlanadi.

Test sinovida talabgorlarga 45 ta topshiriq va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat vaqt beriladi.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube