Get Mystery Box with random crypto!

Muddatli harbiy xizmatchilarning bilim darajasini aniqlash uch | Milliy sertifikat

Muddatli harbiy xizmatchilarning bilim darajasini aniqlash uchun test sinovlari o‘tkazilmoqda

2023-yil 26-yanvar kuni barcha hududlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi.

Test sinovida talabgorlarga 40 ta jangovar tayyorgarlik, 20 ta ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 ta matematika, 10 ta fizika fani bo‘yicha va 20 ta mantiqiy test topshiriqlari berilmoqda.

Bunda har bir to‘g‘ri javob uchun:

jangovar tayyorgarlik bo‘yicha — 1,2 ball;
ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha — 1,1 ball;
matematika bo‘yicha — 1 ball;
fizika bo‘yicha — 1 ball;
mantiqiy savollar bo‘yicha — 1 ball beriladi.

Test sinovlar 11-fevralga qadar davom etadi va 24 mingdan ziyod harbiy xizmatchining bilimi sinovdan o‘tkaziladi.

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube