Get Mystery Box with random crypto!

Drabblar (Qisqa hikoyalar)✍️

Telegram kanalining logotibi drabblar — Drabblar (Qisqa hikoyalar)✍️ D
Telegram kanalining logotibi drabblar — Drabblar (Qisqa hikoyalar)✍️
Kanal manzili: @drabblar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 43
Kanalning ta’rifi

Bu qisqa hikoyalar havaskor yozuvchi Og'abek Ro'zmetov tomonidan yozilgan✍️

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2020-05-25 15:45:23 Qamoq

Frenk, u dunyoning eng mashhur o'g'rilaridan, u o'mara olmaydigan bank va u qocholmaydigan qamoqning o'zi yo'qday go'yo. Har yili politsiya xodimlarini chuv tushurib qochib ketadi va bu unga cho't emas. Ha, u shunday mohirki mana necha yillardan buyon uni interpol va butun dunyo hukumatlari qo'lga ololmay halak. Uni tutish ilojsiz! Ammo hatto Frenk ham qocholmaydigan bir qamoqxona bor undan Frenk hech qachon qocholmaydi, u qamoqdan qochish ilojsiz. Dunyoda ko'pchilik shu qamoqxonada saqlanadi, shu qamoqxonaning buyruqlariga bo'y sunadi, qizig'i shundaki bu buyruqlarni o'zgartirish mumkin, bu mahbusning o'ziga bog'liq. Undan ham qizig'i shundaki mahbus qamoqxonaning boshlig'i lavozimiga ham ko'tarilishi mumkin, ammo tan olish kerak bu o'ta murakkab! Buning uchun qamoqning juda kuchli, mohir soqchilariga qarshi kurashish lozim, chunki ular ko'p hollarda mahbusni joniga qasd qilmoqchi bo'lishadi, ular bilan ish ko'ra olgan mahbuslar esa bora-bora qamoqning boshlig'i bo'lishadi. Bu soqchilar kimligini bilmoqchimisiz? - Ular "Fikrlar va o'y-xayollar''. Qamoq esa kutganingizdek bizning "Ongimiz''. Ha, qayerda bo'lmang o'zingizdan qocha olarmidingiz, yo'q. Bu qamoq oldida Frenkday ustasi faranglar ham ojiz. Yaxshi yangilik shuki - siz va biz bu qamoqning mahbusi emas uning boshlig'i bo'la olamiz, bunga erishish mumkin. Birinchi qadam o'zingizni mahbusday his qilmaslik! O'zingizga savol bering " men hamma narsani o'zim xohlab qilyabmanmi yoki oddiy mahbus bo'lib buyruqlarni bajaryapmanmi? ", " qanchalik darajada men erkinman?". Qo'rqamanki ko'pchiligingiz hali mahbus ekaningizni hatto anglamagansiz. Bu qamoqning qonunlari katta ko'pchilikda tashqi omillar asosida yaraladi. Masalan, jamiyat, atrofingizdagi odamlarning dunyo qarashi va albatta ularning "QONUNLARI" ga asoslangan holda siz o'zingizga standartlar qo'yasiz. Qarabsizki sizham mahbussiz! Ikkinchi qadam esa sizning eng yaqin do'stingiz "Yurak". Uning kuchi misli ko'rilmas, u sizni orzu qilishga o'rgatadi, u sizni yaxshi odam bo'lishga undaydi, u sizning boshliq bo'lishingizni xohlaydi, u sizni mard qildi, u sizni mehribon qildi, u sizni mamnun qildi. U sizning standardlaringizni ko'tardi, u siz uchun jamiyat sizga bermoqchi bo'lganidan ko'prog'ini ravo ko'rdi. Shu sababli orzu qilmoqchimisiz, ongingizni tinglamang u orzuni vayron qiladi, yurakka quloq soling, undan madad so'rang, unga suyaning va bir umr boshliq bo'b qoling Ko'rishguncha boshliqlar

Og'abek Ro'zmetov



t.me/drabblar
613 views12:45
Ochish/sharhlash
2020-05-25 15:37:09 Hammaga assalomu aleykum. Savol javoblardan ko'rinib turibdiki ko'pchilik yangi hikoyalar o'qish tarafdori. Bu safar bir yangilik qilmoqchiman, o'zim bir necha marta o'iqgan jahon bestsellerlaridan tarjima hikoyachalar tashlab boraman. Umid qilamanki sizga ma'qul bo'ladi

@drabblar
525 views12:37
Ochish/sharhlash
2020-05-04 22:57:01 #Унутманг

Инсон ҳаётидаги энг арзигулик афсуси бу – ўз қадрини билмаслиги.

Инсон ҳаётидаги энг тахсинли ҳолати бу – йиқилганидан кейин ўзини ўнглай олиши.

Инсон ҳаётидаги энг катта йқотиш бу – умидининг сўниши.

Инсон ҳаётидаги энг улкан ютуғи бу – соғлиги ва ақли.

Инсон ҳаётидаги энг улкан қарзи бу – ҳақиқий ҳиссиётлари.

Инсон ҳаётидаги энг буюк қобилияти бу – унинг улкан қалби.

Инсон ҳаётидаги энг улкан юпанч бу – унинг эзгу ишлари.

Психологик мотивацион тавсиялар https://telegram.me/joinchat/D3Cfyz8l_gu_uddctskJsg
630 views19:57
Ochish/sharhlash
2020-04-20 09:54:39 Channel name was changed to «Drabblar (Qisqa hikoyalar) »
06:54
Ochish/sharhlash
2020-03-21 17:21:06 Perspektiva

...2017-yil... U bir yil oldin qilgan xatolarini o'ylab, o'zini koyib o'tirardi: "Nimaga shunaqa qilganman-a, essiz!"

...2018...U qilgan xatolari haqida o'ylab yana kayfiyati tushadi, yuzida esa afsus ifodasi: " Shu darajada ahmoq bo'lamanmi! Xato qilishdan charchamasam kerak!"

...2019... U o'tkan yillar haqida o'ylab, jilmayib o'tirardi: " Yaxshigina o'sibman!

Og'abek Ro'zmetov

@drabblar
889 viewsedited  14:21
Ochish/sharhlash
2020-03-15 18:43:14 Xotirjamlik

...Yigit uyqudan turdi, dam olish kuni. Internetni yoqib ham ediki korona virus haqidagi xabarlar telefoniga hujum qilganday yopirilib kela boshladi. Xabarlarni o'qib tugatgach, kayfiyati biroz o'zgardi, ko'nglidan Xotirjamlik yo'qoldi, u qadrlamay yurgan ko'p narsaning qadri ko'z oldidan o'tdi. Shu tarzda, o'y xayollar bilan toza havoga chiqqisi keldi, ko'chaga chiqgan edi yaqin atrofdagi masjiddan "Xufton namozi" ning o'qilayotgan ovozi eshitildi, ovoz shu daraja yoqimli va sokin ediki yigit chiqqan joyida qotib turib qoldi, qadam bosish ham uning diqqatini bo'ladiganday, bu ovoz go'yo masjiddanmas ko'proq osmondan, bulutlar orasidan kelayotganga o'xshardi va bir zumda yigitning ko'nglini yana Xotirjam qildi. Ko'nglida shu so'zlar aylanardi:

"Nima bo'lganda ham, U biz bilan"

Og'abek Ro'zmetov

@Drabblar
1.0K viewsedited  15:43
Ochish/sharhlash
2020-03-07 21:09:56 To'g'ri tanlov

...7-mart, 11-maktabda bayram har yilgidan-da chiroyliroqday. Hamma qizlar eng chiroyli kiyimlarini kiyib olgan, o'zlarining eng chiroyli ko'rinishida, hammasining ko'zida tabassum va quvonch tuyg'ulari aks etgan. Bu kun yosh yigitchalarga dil izhori qilish uchun yaxshi imkoniyat va mana ulardan biri, maktabning eng kelishgan va bilimdon o'quvchilaridan bo'lmish Zafarbek, qo'lida chiroyli guldasta, egnida kostyum va yuzida tabassum bilan maktab tomon oshiqmoqda. Undan sevgi izhor kutayotgan qizlar ham yetarlicha. Ulardan ikkitasi, ich-ichida har xil o'y-xayollar, aralash-hatto o'zlari ham anglashga ulgurmagan tuyg'ularga to'lib yonma-yon turishardi.

Mahliyo - maktabning eng chiroyli qizlaridan, ko'pchilik yigitlar uni deb har nega tayyor. Ayniqsa, maktabga har kun har xil kiyim va soch turmagida kelishi, noz qilib gapirishi bilan ko'pchilikni rom etgan. Qizlar ham uning dugonasi bo'lishni xohlashadi, har yil tug'ilgan kunida dadasi shahar markazida zo'r qilib ziyofat uyishtirib beradi va bunday zo'r ziyofatga faqat uning yaqin dugonalarigina taklif qilinadi. Ammo qizning bu go'zalligi uni ko'zini ko'r qilib qo'yganday, o'zini boshqalardan bir pog'ona ustun ko'rishi shundoqqina sezilib turadi, qo'rs, qo'pol va ba'zan beodob ham. Ko'pchilik yigit va qizlarning ko'nglini o'zining achchiq gaplari bilan yaralagan. Unda ayollarga xos nimadir yetishmasdi...!? " U bugun aniq aytadi, hamma biladi unga faqat men mosman, maktabning eng chiroyli, eng go'zal qizi " - o'yladi u ichida.

Maftuna - maktabning a'lochi o'quvchilaridan. Darslarga hamisha tayyorlanib keladi, uni deyarli hech kim yomon ko'rmaydi chunki uni hech bir qiz " raqib" sifatida qabul qilmaydi, hech kim bilan san-manga bormagan, hatto ovozini ko'tarib gapirmagan. Uning bittagina dugonasi bor, u ham maktabga birga qatnaydigan qo'shnisi. Tabiatan uyatchanroq, pardoz andozga unchalik ham qiziqmaydigan kichkina qizaloq. Bu musobaqada u aniq favoritlardan emas, rostda, Mahliyoday qizlar turganda unga kim qo'yibdi. Ammo Maftunada ayollarga xos bir narsa bor edi...!? " ...Bilaman, u Mahliyoni sevadi, u mendan chiroyliroq va kelishganroq, sochlari ham uzun, kiyimlari ham juda chiroyli. Ular bir-biriga juda mos! " - deb o'ylagan edi, ko'nglida bir narsa qars etib singanday bo'ldi.

Zafarbek qizlarga yaqinlashdi, Mahliyoning ko'zlari uning ko'zlariga boqib yonib turardi. Va nihoyat o'sha onlar yetib keldi :
- Bayraming bilan, bu gullar senga, Maftuna.


Ogabek Rozmetov

@drabblar
895 viewsedited  18:09
Ochish/sharhlash
2020-02-29 20:57:09 Rahmat

...Yigit yo'lida davom etarkan yuzida iliq tabassum ko'rindi, bir xotiralar esiga tushdi chamasi. Ortga nazar solib o'zining eng yaqin qadrdonlariga ichida, chin qalbdan Rahmat aytdi va yana yo'lida davom etdi...
Bu chin qadrdonlar Xatolar edi.


Og'abek Ro'zmetov

@drabblar
817 viewsedited  17:57
Ochish/sharhlash
2020-02-28 12:46:58
«Xatoliklardan qo’rqish rivojlanishdan qo’rqish demakdir». — Estee Lauder

https://telegram.me/joinchat/D3Cfyz8l_gu_uddctskJsg
778 views09:46
Ochish/sharhlash