Get Mystery Box with random crypto!

Qamoq Frenk, u dunyoning eng mashhur o'g'rilaridan, u o'mar | Drabblar (Qisqa hikoyalar)✍️

Qamoq

Frenk, u dunyoning eng mashhur o'g'rilaridan, u o'mara olmaydigan bank va u qocholmaydigan qamoqning o'zi yo'qday go'yo. Har yili politsiya xodimlarini chuv tushurib qochib ketadi va bu unga cho't emas. Ha, u shunday mohirki mana necha yillardan buyon uni interpol va butun dunyo hukumatlari qo'lga ololmay halak. Uni tutish ilojsiz! Ammo hatto Frenk ham qocholmaydigan bir qamoqxona bor undan Frenk hech qachon qocholmaydi, u qamoqdan qochish ilojsiz. Dunyoda ko'pchilik shu qamoqxonada saqlanadi, shu qamoqxonaning buyruqlariga bo'y sunadi, qizig'i shundaki bu buyruqlarni o'zgartirish mumkin, bu mahbusning o'ziga bog'liq. Undan ham qizig'i shundaki mahbus qamoqxonaning boshlig'i lavozimiga ham ko'tarilishi mumkin, ammo tan olish kerak bu o'ta murakkab! Buning uchun qamoqning juda kuchli, mohir soqchilariga qarshi kurashish lozim, chunki ular ko'p hollarda mahbusni joniga qasd qilmoqchi bo'lishadi, ular bilan ish ko'ra olgan mahbuslar esa bora-bora qamoqning boshlig'i bo'lishadi. Bu soqchilar kimligini bilmoqchimisiz? - Ular "Fikrlar va o'y-xayollar''. Qamoq esa kutganingizdek bizning "Ongimiz''. Ha, qayerda bo'lmang o'zingizdan qocha olarmidingiz, yo'q. Bu qamoq oldida Frenkday ustasi faranglar ham ojiz. Yaxshi yangilik shuki - siz va biz bu qamoqning mahbusi emas uning boshlig'i bo'la olamiz, bunga erishish mumkin. Birinchi qadam o'zingizni mahbusday his qilmaslik! O'zingizga savol bering " men hamma narsani o'zim xohlab qilyabmanmi yoki oddiy mahbus bo'lib buyruqlarni bajaryapmanmi? ", " qanchalik darajada men erkinman?". Qo'rqamanki ko'pchiligingiz hali mahbus ekaningizni hatto anglamagansiz. Bu qamoqning qonunlari katta ko'pchilikda tashqi omillar asosida yaraladi. Masalan, jamiyat, atrofingizdagi odamlarning dunyo qarashi va albatta ularning "QONUNLARI" ga asoslangan holda siz o'zingizga standartlar qo'yasiz. Qarabsizki sizham mahbussiz! Ikkinchi qadam esa sizning eng yaqin do'stingiz "Yurak". Uning kuchi misli ko'rilmas, u sizni orzu qilishga o'rgatadi, u sizni yaxshi odam bo'lishga undaydi, u sizning boshliq bo'lishingizni xohlaydi, u sizni mard qildi, u sizni mehribon qildi, u sizni mamnun qildi. U sizning standardlaringizni ko'tardi, u siz uchun jamiyat sizga bermoqchi bo'lganidan ko'prog'ini ravo ko'rdi. Shu sababli orzu qilmoqchimisiz, ongingizni tinglamang u orzuni vayron qiladi, yurakka quloq soling, undan madad so'rang, unga suyaning va bir umr boshliq bo'b qoling Ko'rishguncha boshliqlar

Og'abek Ro'zmetov



t.me/drabblar