Get Mystery Box with random crypto!

Ertaga yomg’ir yog’adi Kichikligimda dadamdan «Ertaga yomg’ir | Dildora Yuldosheva

Ertaga yomg’ir yog’adi

Kichikligimda dadamdan «Ertaga yomg’ir yog’adi» deganim uchun tanbeh eshitganman.

«Yomg’ir yog’adi emas, yog’ishi mumkin, Alloh xohlasa» deb gapimni to’g’irlaganlar.

Shundan keyin OAV larda ob-havo ma’lumotlari efirga uzatilsa, gapning yakuniga qulog’imni ding qilib turardim. Ba’zilar «Havo harorati 25 darajaga isishi kutilmoqda» desa, boshqalari «Havo harorati 25 darajagacha ko’tariladi» derdi. Gapning oxiriga qarab mutaxassisni baholaydigan tadqiqotchi edim

Shu odatim hali ham qolib ketgan. Ijtimoiy tarmoqlarda «Shuncha daromadga chiqasiz», «Bir oyda biznesingiz foydaga chiqadi», «Hayotingiz o’zgarib ketadi», «Boyib ketasiz» degan ma’nodagi reklamalar - men uchun anti reklama. Balki yaxshi tashkilot, foydali kurs yoki sifatli trening bo’lishi mumkin, lekin menda ijobiy taassurot uyg’otmaydi.

Soniyalar ichida nima bo’lishini bilmaymiz, ular kelajagimizni qanday ko’ra bilishadi, hayronsan kishi.

P.S Abdukarim Mirzayevning ham har bir efirlarida shu jihatga qattiq e’tibor qilishlarini sezgandim.