Get Mystery Box with random crypto!

Asling kabi ko’rin, yo ko’ringaning kabi bo’l «Qalbimda bo’l | Dildora Yuldosheva

Asling kabi ko’rin, yo ko’ringaning kabi bo’l

«Qalbimda bo’lsa bo’ldi», «Ichimdagini qaydanam bilardi» degan balandparvoz gaplar Z avlodning eng ommabop gaplaridan bo’lsa kerak.

Haqiqatdan ham, birovning ichidagini biz qayerdan bilamiz? Yoki ijtimoiy tarmoqda minglab obunachisi borlar har bir obunachisiga ichidagilarni doston qilib o’tirmaydi-ku?!

Gapirayotganlari va qilayotganlari mutanosib insonlar odatda “qalbimda bo’lsa bo’ldi”, “Alloh bilsa bo’ldi” deydi, ammo unga qarshi negativlarni ko’tara olmaydi.

Insonlar ko’rganlariga qarab baho beradilar. “Ichida shunaqa bo’lsa kerak” deb taxmin qilib o’tirishmaydi-ku. Ichingizda qanaqa bo’lsangiz, shuni ko’rsating, ichingizdagilar amalaringizga mos bo’lsin. Yoki sizni ko’ringaningiz kabi baholashlariga ko’ning.