Get Mystery Box with random crypto!

Tengqurlarimning aksari oilali emas. Va, mendan erta turmush q | Dildora Yuldosheva

Tengqurlarimning aksari oilali emas. Va, mendan erta turmush qurush yaxshimi deb so’rashganda javob berishga qiynalaman. Tangani ikki tarafi bor, lekin yaxshi tomonlari ziyoda.

Bugun esa turmushga chiqib, topgan sururim haqida yozmoqchiman.

Inson voyaga yetgan sari sevgi-muhabbatga ehtiyoj sezaveradi. Kishilar ichidan u uchun sevimli bo’la oladigan birini o’zi anglamagan holda qidiradi.

Va bu holat insonni ko’p qiynaydi. Bir tarafdan gunohkor bo’lishdan qo’rqish hissi bo’lsa, yana boshqasi - ruhning ehtiyojga qarshi kurashishdan charchashi.

Hozir meni o’qiyotgan muslima opa-singlimga shuni ayta olamanki, turmush qurish orqali beg’ubor bu hislarga harom aralashtirib qo’yishdan tiyilish mumkin. Endi his-tuyg’ularga qarshi kurashish, ularni berkitish shart emas. Mana shu - surur.

Har qanday sog’lom insonda ehtiros va nafs bo’lar ekan, uni halollik bilan qondirish - eng go’zal yechim.