Get Mystery Box with random crypto!

Kichik amallar Biz savobli ish qilish maqsadida biror ishga q | Dildora Yuldosheva

Kichik amallar

Biz savobli ish qilish maqsadida biror ishga qo’l urishga harakat qilamizu, lekin ba’zan moddiy jihatdan, vaqt va makon masalasidan yoki boshqa turli sabablar tufayli kechiktirib kelamiz.

Aslida har qadamda, biz uchun mayda va arzimas ko’ringan harakatlar bilan ham yaxshilik qilishimiz mumkin:

1. Ota-ona holidan xabar olish. Birga yashagan taqdiringizda ham ularning kunlari qanday o’tgani, kayfiyatlari va o’y-hayollari haqida qayg’urishingiz ularni xursand qiladi.

2. Umumiy joylariga borganda (kafe, hojatxona, o’quv markazi, shifoxona) ketingizdan yeg’ishtirib ketish. Xizmatchilar bo’lshi mumkin, ammo bu harakat orqali ularga iltifot ko’rsatgan bo’lasiz.

3. Transportlarga yo’l haqqi uchun beradigan pullarini oldindan tayyorlab qo’ying. Ayniqsa taksilarga chiqqanda narxni avvaldan kelishish, pulingiz yirik bo’lsa ogohlantirib qo’yishingiz orqali haydovchini vaqtini tejaysiz.

4. Tanishi bilan bir yumush ila xabarlashganda tezroq muddaoga o’tish. Keraksiz gaplarni gapirib uni ham o’zingizni ham vaqtingizni ketqazmang.

5. O’rganayotgan ilm va ko’nikmalarni atrofdagilarga ulashib borish. Ular ham siz bilan birga o’sishlari siz uchun ham yaxshi.

6. Turli jonzot, hashoratlarga ozor bermaslik. Ko’p hollarda bu masalaga juda yengil qaraladi.

7. O’qib bo’lingan kitobni hadya qilish yoki o’qib bo’linguncha berib turishlik.

8. O’zgalarning siz uchun qilgan kichik yaxshiligi uchun ham rahmat aytib, minnatdorchilik bildirib turish. Shunda “mayda” yaxshiliklar qilishga boshqalarda ham rag’bat bo’ladi.

@dorayuldash