Get Mystery Box with random crypto!

Gulni undiradigan suv yoxud yong’inga sabab bo’ladigan uchqun | Dildora Yuldosheva

Gulni undiradigan suv yoxud yong’inga sabab bo’ladigan uchqun

1. Ayol kishi turmush o’rtog’i unga vaqt ajratayotganini his qilib turishi kerak.
2. Baxslashayotgan paytda xotirani ishga tushirib, og’izga kelgan gapni gapirish turmush o’rtog’ingizni yaralaydi.
3. Erkak kishi uyda dam ololmasa ko’chada (ishxonada) dam oladi.
4. Ota obro’si, aka bosimini ko’rgan qiz turmushdan keyin ortiqcha janjal ko’taravermaydi, hayot haqiqatlaridan xabardor bo’ladi.
5. Ayolning ham jiddiy ham jilvaligi yaxshi: uyda yengil, tashqarida og’ir bir ayol.
6. Erkak kishi uchun ozodlik, erkinlik muhim. Ortiqcha sevgi va e’tibor bilan uni bo’g’ib qo’yish mumkin.
7. Turmush o’rtog’idan bir muddat ayro qolib, bir-birini sog’inish qayta turmush qurgandek baxt beradi.
8. Har qanday ayol mehr-muhabbatga muxtoj. O’ta jiddiy va og’ir bo’lsa ham.
9. Erkak kishini xotirjam uxlashini va uyquga to’yishini ta’minlash ayol zimmasida.
10. Turmushdan keyin ayol kishining ko’rinishida, sog’lig’ida yoki xarakterida bo’ladigan muammolarning aksariyati turmush (homila, farzand, uy yumushlari) sababli yuzaga keladi. Buni erkaklar tushinishlari va ishonch bildirishlari kerak.

Sema Marashlining “Turmush o’rtog’imning tengi yo’q” to’plamidan xulosalarim

@dorayuldash