Get Mystery Box with random crypto!

Ilm Atrofimda aqilli, bilimli va keng mulohazali insonlar ko’ | Dildora Yuldosheva

Ilm

Atrofimda aqilli, bilimli va keng mulohazali insonlar ko’p. Ularni teran fikrlashiga doim havasim kelgan.

Ammo, ba’zi shunday insonlar bilan suhbatda bo’lganimda meni savollar qiynar edi: Nega shuncha narsaga aqli yetgan, keng mushohada qiladigan insonlarning din borasida fikri, qadriyatlari, kiyinishi mutlaqo nomutanosib. Nahotki shuncha narsani bilgan inson din va uning bizga chizib bergan chegaralari haqida bilmaydi? Mulohazali inson nega haq narsani qabul qilmaydi?

Yaqinda savollarimga javobni shu jumlada topdim:
Ilm bu Allohdan qo’rqish”, degan ekanlar Hasan Basriy rohimahulloh.

@dorayulash