Get Mystery Box with random crypto!

Simmetriya Dasturlash kursini o’qib yurgan vaqtim ustozimiz e | Dildora Yuldosheva

Simmetriya

Dasturlash kursini o’qib yurgan vaqtim ustozimiz elementlarning simmetrik joylashuviga ko’p e’tibor qaratardilar. Haqiqatdan ham, simmetriya har sohada va munosabatda ham chiroyli ko’rinar ekan.

Oddiy misol, veb-sahifa yoki telefondagi dastur elementlari simmetrik joylashishi insonga estetik zavq beradi.

Yuz tuzilishida ham shunday: chiroyli deb hisoblangan insonlarda qosh-ko’z va burun simmetrik jihatdan mukammal joylashgan bo’ladi.

Oila, shaxsiy rivojlanish va ishni ham shu qoidaga moslasak bo’ladi, hammasiga bir xil e’tibor qartilsa ajoyib muvozanat hosil bo’ladi.

Farzand tarbiysida ota-ona simmetrik harakat qilishi, natijani go’zalroq bo’lishiga olib kelishi mumkin.

Ota-onaga farzand, turmush o’rtoqqa yor, farzandga ota yoki ona, do’stga do’st mas’uliyati bilan (har bir pozitsiyaga simmetrik) yondashish sog’lom munosabat muhitini yaratadi.

@dorayuldash