Get Mystery Box with random crypto!

O’zgaribmiz Zarifa Saidnosirovaning 'Oybegim mening' asari 20 | Dildora Yuldosheva

O’zgaribmiz

Zarifa Saidnosirovaning "Oybegim mening" asari 20-asr jamiyatini bugungi jamiyat bilan solishtirish uchun yaxshi adabiyot bo’lgan, nazarimda. Ba'zilari:

1. Biz olim, shoir va xalq vakillarining asarlari, nutqlarini intizor kutib, talashib o'qiydigan emas, Iphone yutish uchun konkurs qidiradigan yoshlar jamiyatiga aylanibmiz.

2. Biz tunlarni mutola bilan emas, kino yoki lentadagi videoni aylantirish bilan vaqt o'tkazadigan jamiyat bo'libmiz.

3. Ilm olish, tajriba orttirish uchun poyezdda sutkalab chet davlatlarga qatnaydigan emas, tajriba o'tamaslik uchun pul taklif qiladigan jamiyat bo'libmiz. Tajribalar esa labaratoriya, maxsus pavilyonlarda emas, shanbaliklarda o'tadigan bo'libdi.

4. Sevgi izhorlari ham boshqa. Sheriy maktublar, ishqiy yozishmalar o'rnida profildagi iqtiboslar, oldi-qochdi messejlar.

5. Oilaviy vaqt o'tkazishchi? Kechgi sayrlar, tungi g'azalxonlik, uzoq shirin suhbatlar o'rnida telefonagi o'yinlar, futbol, boshqa xonada bolalar shovqinidan bezor bo'lgan ayollar.

6. Tanqid ostida asarlar, chop etilgan maqolalar muhokama qilinmaydi, endigi mavzu soch-soqol-u, bosh kiyimlar.

@dorayuldash