Get Mystery Box with random crypto!

Mahzunlik Men insonni mahzun qilishi mumkin bo’lgan holatlarn | Dildora Yuldosheva

Mahzunlik

Men insonni mahzun qilishi mumkin bo’lgan holatlarni ikkiga bo’laman:

1. Biz boshqara olmaydigan:
- O'tmish (kecha);
- O'zgalarning munosabati, fikri, gapi va dunyoqarashi;
- O'zgalar o'zini qanday tutishi;
- Nasiba, rizq, sog'liq;
- Nuqsonlar;
- Kelajak;
2. Biz boshqara oladigan:
- Vaqt, energiya va diqqat;
- O'zgalarga bo'lgan munosabat, o'zgalar munosabatiga javob;
- Shaxsiy chegara;

Ikkiga bo'lishning asosiy sababi, boshqarish imkoni bo'lgan vaqt va energiyani boshqara olmaydigan narsalarga sarflash oldini olish.

Tushkunlikka tushib qolsam doim shu tarozi yodimga keladi, tezroq chalg'itaman o'zimni.

P.S Boshqara olish ≠ o'zgartira olish

@dorayuldash