Get Mystery Box with random crypto!

Diyor Digital

Telegram kanalining logotibi diyor_digitall — Diyor Digital D
Telegram kanalining logotibi diyor_digitall — Diyor Digital
Kanal manzili: @diyor_digitall
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 745
Kanalning ta’rifi

🫡
.
Nimadir uchun; @uchinchishaxs_bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-06-07 14:09:04
Telegram Premium obunasi narxi ma’lum bo‘ldi!

Telegram Premium obunasining narxi oyiga $4.99 bo‘lishi ochiqlandi. Yuqoridagi videodan Telegram Android (beta) ilovasidagi pullik obuna, uning xususiyatlari va narxini ko‘rishingiz mumkin.

Avval aytilganidek, Telegram Premium obunasi messenjerdagi hozirgi limitlarni ikki karra uzaytiradi va 4 gigabaytgacha hajmdagi fayllarni ulashish va ularni tezkor yuklab olish, ovozli xabarlarni matnga o‘girish, reklamalarni o‘chirish, noyob reaksiyalar, premium stikerlar, rivojlangan chat menejmenti, profil uchun nishon, animasion profil va premium Telegram ilovasi ikonkalarini o‘z ichiga oladi.

P:S; hozircha obunani sotib olish imkoni yo'q ammo yaqin oylarda bu imkoniyat ham taqdim e'tiladi!
3.9K views11:09
Ochish/sharhlash
2022-05-31 09:13:06
Instagram "Repost" funksiyasini joriy qilmoqda. U kutilmagan tarzda ishlaydi

Ko‘p yillar davomida Instagram rahbarlari “Repost” funksiyasini joriy etishni istamadilar.

“Agar biz "repost" funksiyasini yaratsak, barcha tasmalar ular bilan to‘ldiriladi. Biz esa ijtimoiy tarmoqda asl, o‘ziga xos kontentni ko‘rishni istaymiz”, — deya izoh berdi kompaniya.

Biroq, Instagram foydalanuvchilarining repostlarga boʻlgan talabi ortib bordi.

Ijtimoiy tarmoq ishlab chiquvchilari TikTok yechimini o'rganishdi. Va natija shuki, siz endi xohlagancha repost qiling, shunchaki repostlar tasmaga tushmaydi.

Unda qayerda koʻrinadi? Repostlar Instagramda ikkita joyda ko'rsatiladi:

1) Do'stlaringizning tavsiyalarida; – ustiga va tagiga chizilgan maxsus yangi kvadrat belgisi bilan.

2) Profilingizning yangi maxsus yorlig'ida. Ha, yana bitta profil yorlig'i boʻladi.

@Diyor_digitall
3.6K viewsedited  06:13
Ochish/sharhlash
2022-05-24 19:04:01
Xalqaro tahlil shuni koʻrsatmoqdaki, tobora koʻproq odamlar metavers haqida bilishmoqda, ammo hamma ham nima ekanligini tushunmayapti

Thompson Intelligence tahlilchi kompaniyasi Buyuk Britaniya, Xitoyda so'rov o'tkazdi va soʻngi 1 yil ichida metavers haqida xabardorlik deyarli ikki baravar ko'payganini aniqladi, ammo baribir hamma ham uning qanday ishlashini tushunmayapti.

Soʻrovnomadagi atigi 15% kishi metavers nima ekanligini tushunadi va uni boshqalarga tushuntira oladi. Shu bilan birga, 74% bu atama haqida eshitgan, oʻtgan yili 32% odam bu haqida eshitgan xolos.

Metavers haqida bilganlarning 82% bu muloqot qilish uchun joy, 70% xarid qilish joyi, 68% elektron tijorat va 50% Metavers internetning bir boʻlagi deb biladi.

P:S; Oʻzbekistonda ham deyarli koʻpchilik bundan bexabar va ommaviy axborot vositalari ham bu mavzuda hech narsa e’lon qilmayapti. Umuman olganda, metavers haqida oʻzbek kontenti juda kambagʻal. Buyogʻiga shu mavzu haqida kengroq yozib borishni reja qilayabmiz!

@Diyor_digitall
3.2K views16:04
Ochish/sharhlash
2022-05-24 15:12:14
Endi siz Telegram’da jild piktogrammalarini yanada qulay qilib sozlashingiz mumkin.

Telegram’dagi ishingizni soddalashtirish imkonini beruvchi ish stoli mijoziga yoqimli yangilanish: suhbat papkalari uchun piktogramma.

Agar sizga chat va kanallarni Ish, Do‘stlar, Oila, Ta’lim va boshqalar bo‘yicha saralashni yoqtirsangiz, endi unlar ham bor.

"Jildni tahrirlash" tugmasini bosing - va siz jildga 25 ta yangi belgidan birini belgilashingiz mumkin. Ular katta va sezilarli ko'rsatiladi; ular orasida, masalan, bitcoin belgisi, lampochkalar, yuraklar va eslatmalar ham bor.

@Diyor_digitall
2.2K viewsedited  12:12
Ochish/sharhlash
2022-05-23 08:13:38
YouTube Ukrainadagi vaziyat bilan bogʻliq 70 mingdan ortiq videoni oʻchirib tashladi

Shuningdek, platformada 9 mingta kanal kontent talablarini buzgani uchun bloklandi.

@Diyor_digitall
2.3K viewsedited  05:13
Ochish/sharhlash
2022-05-22 09:29:06 IT sohasida kimsiz?

Ko'rinib turibdiki, IT sohasi bugungi kunda eng dolzarb mavzu. Kelajakda u yana-da mashhur bo'ladi. Shuning uchun siz yangi kelajak uchun kerakli mutaxassis sifatida qanday IT'ga kirish haqida o'ylashingiz kerak.

Hozirgi vaqtda IT sohasiga kirish uchun nisbatan osonroq va tezroq daromadga olib chiquvchi kasblardan biri SMM sohasi bo'la oladi.

Keyingi postlarimizda SMM oʻzi nimaligi va unga qanday kirish haqida batafsil maʼlumot beramiz!

@Diyor_digitall
2.2K viewsedited  06:29
Ochish/sharhlash
2022-05-20 21:50:48Talab bor joyda taklif boʻladi

Kechagi postlarimizda Rossiyada "Nashstore" dasturi (xuddi Playmarket' va App store’ga oʻxshagan) ishga tushganligini e'lon qilgan edik. Tabiiyki, urush oqibatida sanksiyalar orqali dunyo tan olgan bir qancha yirik brendlar: Coca-Cola, Pepsi, Fanta, McDonalds'lar Rossiyani tark etdi.

Shular qatorida YouTube, Instagram, NETFLIX kabi ijtimoiy tarmoqlar ham Rossiyada bloklandi. Bu vaziyatda qaysidir maʼnoda ruslar dunyodan uzilib qoldi. Ammo aholi tomonidan yuqoridagi dasturlarga talab kattaligi sabab rossiyalik dasturchilar tomonidan oʻrnini toʻldiruvchi takliflar (Rusgram Instagram oʻrniga, Nashstore Play Market oʻrniga) ishlab chiqildi.

Bundan koʻrinib turibdiki, TALAB bor joyda TAKLIF lar doim boʻlar ekan. Buni yurtimiz misolida oladigan boʻlsak, masalan, bizda 5 yillar oldin IT degan soha umuman hech kimga qiziq emas edi. Zamon talabi bilan soha bizga ham kirib kelgach, taklif tariqasida IT'dan dars beruvchi turli xil markazlar, akademiyalar va boʻlar boʻlmas IT kurslar ham koʻpaydi.

Bu, albatta, yaxshi. Chunki bizda IT bundan keyin faqat va faqat rivojlanadi. Bora-bora inson qoʻli bilan qilinishi mumkin boʻlgan jarayonlarning barchasi avtomatik robot boshqaruviga oʻtadi. Bularning hammasi esa, shubhasiz, TALAB dan kelib chiqadi, hozirga kunga kelib esa bu talab ortib bormoqda. Shunday ekan endi kasb tanlayotganda oʻylab kasb tanlaysiz.
2.5K views18:50
Ochish/sharhlash
2022-05-20 18:38:30
Google Rossiyani tark etdi va uning ishchilari Dubayga koʻchirildi!

@Diyor_digitall
2.0K views15:38
Ochish/sharhlash
2022-05-19 18:25:35
Rossiyada foydalanuvchilar uchun NashStore ilovalar do'koni ishga tushirildi va u allaqachon hujum ostida

Rossiyalik foydalanuvchilar Google Play'ning mahalliy analogi bo'lgan NashStore ilovalar do'koniga kirish huquqiga ega bo'lishdi. Endi NashStore'da siz mingdan ortiq ilovalarni yuklab olishingiz mumkin (ammo bu bizga qiziq emas).

Ishga tushirilgan kuni NashStore DDoS hujumiga duch keldi. Shu sababli ilova beqaror bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi tizim vakillari.

Xabaringiz bor, sanksiyalar sabab ruslar boshqalar kabi Play market va App store'dan foydalana olishmayotgan edi. Endi Rossiyda yurgan yurtdoshlarimiz ham yangi ilova orqali biror dasturni yuklab olishi mumkin.

@Diyor_digitall
2.2K viewsedited  15:25
Ochish/sharhlash
2022-05-19 11:25:26
Meta kompaniyasi Instagram messenjerini rebrending qildi

Instagram
6 yil ichida birinchi marta ikonkani yangiladi, lekin unchalik tubdan o'zgartirish kiritmadi. Ular faqat ikonkalardagi yorqinlikni oshirdi.

Ammo "Stories" stikerlarining dizayni ko'proq o'zgardi. Ular yangilangan dizayn konsepsiyasiga moslashtirildi. Ayni vaqtda bu oʻzgarishlarni barchasi sizda ham koʻrinadi.

P:S; Fursatdan foydalanib, Netflix’da Instagram ilovasining vizual ko'rinishi qanday ixtiro qilingani haqida yaxshi hujjatli film borligini eslatib o'tmoqchiman.

@Diyor_digitall
1.9K viewsedited  08:25
Ochish/sharhlash