Get Mystery Box with random crypto!

Diyor Digital

Telegram kanalining logotibi diyor_digitall — Diyor Digital D
Telegram kanalining logotibi diyor_digitall — Diyor Digital
Kanal manzili: @diyor_digitall
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 745
Kanalning ta’rifi

🫡
.
Nimadir uchun; @uchinchishaxs_bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2022-05-17 11:34:14 Subyektiv'ning "Infoloʻttibozlar" soni haqida qisqacha

Shu kunlarda Subyektiv'ning ushbu soni deyarli barcha tarmoq va jamoalar orasida muhokamaga sabab boʻlmoqda. Keng muhoka qilinish, bahslarga mavzu boʻlish, aslida, yaxshi narsa.

Ammo ana shu muhokama qilayotganlar orasida o'zini xuddi "infolo'ttibozlar" qatoriga kirmaydigandek qilib ko'rsatayotganlar ham bor. Ya'ni ko'rsatuvda aytib o'tilgan "lo'ttibozlar" xuddi yetti yot begona-yu, oʻzi esa oppoqdek.

Umuman olib qaraydigan boʻlsak, sohaning haqiqiy professionallarida kurs oʻtish uchun, treninglar qilish uchun koʻp ham vaqt boʻlmaydi. Ularning asosiy faoliyati kurs oʻtishga sarflanmaydi.

Shuning uchun, qandaydir kurs sotib olmoqchi yoki unda oʻqimoqchi boʻlsangiz, darrov "1 oyda oʻn million topasan" degan quruq va'daga toʻla reklamalarga uchmasdan, oldin yaxshilab oʻqituvchi haqida surishtiring, oʻrganing. Ana undan keyin kursga yozilsangiz, pulingizga kuymaysiz!

@Diyor_digitall
2.3K views08:34
Ochish/sharhlash
2022-05-07 12:52:40
Telegram Premium haqida batafsil

Messenjerda Premium akkauntlarni tayyorlash haqida tobora ko'proq ma'lumotlar paydo bo'lmoqda. Endi pulli obuna bo'lgan foydalanuvchilar qanday imtiyozlarga ega bo'lishi ma'lum bo'ldi.

Telegram Premium'ning asosiy xususiyatlari:

Ism yonidagi maxsus nishon;
To‘liq ekranli stikerlar;
Qo'shimcha reaktsiyalar.

Quyidagi elementlarni belgilangan miqdordan ikki baravar oshirish mumkin:

Jilddagi chatlar soni (100-200);
Kanallar va superguruhlarni; cheklash (500-1000);
Jildlar soni (10-20);
Asosiy tasmadagi (5-10) va jild ichidagi (100-200) mahkamlangan
dialoglar soni.
Kanallar va superguruhlar uchun ochiq havolalar soni (10-20).
Sevimli stikerlar soni (5-10).

Katta ehtimol bilan ro‘yxatlar yana-da to‘ldiriladi, chunki Telegram innovatsiyalarni faol sinovdan o‘tkazmoqda!

@Diyor_digitall
3.3K views09:52
Ochish/sharhlash
2022-05-07 07:21:00
Nimaga IT kurslarining narxi buncha qimmat?

Chunki IT kurslarining boshqa kurslardan farqi sizga nimadir yodlatmaydi, balki kasb o'rgatadi. Bu kasb bilan siz qaysidir sohaning mutaxassisi bo'lasiz va sizga yaxshigina daromad olib keladi.

Sababi IT kasblarining birortasi sizga kam maosh taklif qilmaydi. Masalan, har sohangizda professional bo'lsangiz O'zbekiston sharotida:

SMM'da 500-1000$,
Dasturchilikda 1500-2000$,
Dizaynda 1000-1500$

topa olasiz. Aslida, bu ham taxminiy summa. Bundan ham ko'p oladiganlar tanishlarim talaygina.

Shunday ekan kursdan oladigan qiymatingiz yuqori. Yaxshi harakat qilsangiz, kurs uchun to'layotgan pulingizni bu kasb orqali ishlab 1 oyda ham topsangiz bo'ladi!

@Diyor_digitall
2.4K viewsedited  04:21
Ochish/sharhlash
2022-05-05 21:51:02
TikTok reklama daromadining 50 foizini mashhur blogerlarga beradi

TikTok yangi yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun TikTok Pulse dasturini ishga tushirmoqda. Bu platforma mashhur blogerlarga reklama daromadining bir qismini beradi.

Brendlar ommabop videolar yoniga reklama joylashtirishi mumkin bo‘ladi – “Ilovadagi eng yaxshi 4% videolar” kabi. Kompaniya daromadning yarmini dasturga kirgan mualliflar bilan baham ko'radi.

@Diyor_digitall
2.3K viewsedited  18:51
Ochish/sharhlash
2022-05-04 19:02:16
Telegram pullik funksiyalarni ishga tushirmoqda

Telegram messenjerining pullik Premium versiyasi 2022-yil noyabr oyidan boshlab ishga tushishi kutilmoqda. Bunda hozirgacha bizga ma'lum bo'lgan qo'shimcha imkoniyatlar:

• To'liq ekranda ko'rinadigan stikerlar;
• Pullik alohida stikerlar to'plami;
• Premium'ni ulash shart emas. Oddiy telegramda ham ishlaydi;
• Hamma chatlarda ismingiz yonida pushti-binafsha yulduz paydo boʻladi;
• Premium foydalanuvchilariga kanallarda homiylik postlari
koʻrsatilmaydi;
• Xabarlarga kulgichlar qoʻyishingiz mumkin boʻladi.

Faqat Telegram Premium'dan foydalanish sharti oyiga 3-5 $ toʻlov qilishingiz kerak boʻladi. Yuqorida sanab o'tgan imkoniyatlarimiz hammasi emas, balki hozirgacha bizga ma'lum bo'lganlaridir. Shu yilning yakunigacha yana ham kengaytirilgan premium funksiyasidan foydalanishimiz mumkin.

@Diyor_digitall
2.4K viewsedited  16:02
Ochish/sharhlash